Poydevor

Poydevor (Fundament) (lotincha: fundamentum — asos) — imorat va inshootning ost qismi yoki texnik yoki texnoligik mashinaning asosi. Ularning ogirligi poydevor orqali tabiiy yoki sunʼiy zaminga tushadi. Poydevor turlari qurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, quriladigan imorat yoki inshootning vazifasiga, tushadigan ogʻirlikka qarab tanlanadi. Qatlam grunti xususiyati, yer osti suvlarining sathi, zaminga taʼsir etuvchi yuk (kuch) qiymati hamda xususiyati va boshqaga qarab, poydevorlar sayoz yoki chuqur joylashgan boʻladi. Sayoz poydevorlar shakl jihatdan lentasimon (devorlar tagiga uzluksiz lenta tarzida quriladi), alohida ustun yoki plita, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, aylanasimon (alohida ustun va tirgaklar tagiga quriladi) boʻladi. Tuzilishi jihatdan yaxlit (inshoot yoki uning alohida qismi tagiga quyiladi) va yigʻma (yostiqsimon boʻlaklar) xillarga boʻlinadi. Poydevor tosh, beton, temir-beton, pishiq gʻisht va namga chidamli mustahkam boshqa materiallardan quriladi. Vaqtinchalik qurilgan baʼzi imoratlarning poydevori yogʻochdan boʻlishi mumkin. Poydevor yer qazilib yoki shibbalab tayyorlangan kotlovan va transheyalarga quriladi. Shibbalashda koʻtarish kranlari, maxsus shibbalagichlardan foydalaniladi.

Chuqur poydevor qoziq oyoq, kessonlar, quduqlar, chuqur tayanchlar va boshqa koʻrinishida boʻladi. Bunday poydevordan boʻsh, choʻkuvchan, shishuvchan va boshqa xususiyatlarga ega boʻlgan gruntlarda, yer osti suvlari sathi yuqori boʻlganda, koʻpriklar va chuqur yer osti inshootlarini kurishda foydalaniladi.

Qurilishda poydevorga katta ahamiyat beriladi, chunki imorat yoki inshootning mustahkamligi, uzoq davrga chidashi, koʻrkamligi koʻp jihatdan poydevorga bogʻliq.

Mashina poydevorlari tarkibiga elastik amortizatorlar (prujina, rezina toʻshama) va dempferlar (tebranishni soʻndiruvchilar) kiradi. Ular poydevorlarga tushadigan kuchni zaminga yumshatib oʻtkazadi.

Markaziy Osiyoda

Markaziy Osiyoda poydevorga katta ahamiyat berilgan. Qadimgi meʼmorlar imoratga taʼsir etuvchi zilzila kuchini kamaytirish maqsadida poydevor qurishda tebranishni soʻndiruvchi materiallardan foydalanishgan (poydevor tagiga qum, ustiga qamish toʻshash, poydevor gʻishtlarini qovushqoq qorishma bilan terish va boshqalar). Masalan, Buxorodagi chuqurligi 5 metr boʻlgan Arslonxon minorasi, Samarqanddagi chuqurligi 4 metr boʻlgan Tillakori madrasasi poydevorlari shu siraga kiradi.

Bu mohiyat hozirgi zamon texnologiyalaridan foydalanib qurilgan zilzila-bardosh imoratlar poydevorlarida qoʻllaniladigan rezina-metall tayanchlar va boshqa turdagi konstruksiyalarda oʻz aksini topgan. Buxoro, Xiva, Samarqand, Qoʻqon, Termiz, Toshkent va boshqa shaharlardagi qadimgi meʼmorlik obidalari, bino va inshootlarning koʻp asrlardan beri buzilmay saqlanishiga sabablardan biri, ularning poydevori mustaxkamligidir [1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.