Oyxonim

Oyxonim – qad. shahar harobasi (miloddan avvalgi IV asr oxiri – II asrning 2-yarmi) – Afgʻonistonning shimoli-sharqida, Amudaryoning soʻl qirgʻogʻida, Koʻkcha daryosi quyilish yerida joylashgan. Yunon-Baqtriya podsholigi davrida obod boʻlgan; Aleksandriya Oksiana (P. Bernar) yoki Yevkratidiya deb atalgan. O.dagi arxeologik tadqiqotlar Afgʻonistondagi fransuz arxeologik missiyasi (D. Shlyumberje, soʻnfa P. Bernar rahbarligida) tomonidan (1964—78) olib borilgan.

Baqtriya shaharlaridan biri boʻlgan O., ellinizm davrida, yunon kolonistlari tomonidan yunon shaharsozligi tamoyillariga asoslanib qurilgan. O. yuqori (qalʼa) va quyi (shahar), shuningdek, uning shimoli-sharqiy tomonida joylashgan shahar atrofidan iborat. O.ning dastlabki 2 qismi qalin mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Quyi shahar qismida saroy, ibodatxona, yoshlar taʼlimtarbiya oladigan gimnaziy yoki palestra harobalari ochilgan; undan Germey va Gerakl shaʼniga bitilgan yunoncha maʼrifiy yozuvlar topilgan. Shahar markazida geroyon – shaharga asos solgan kishi yoki uning faxriy fuqarosining maqbarasi joylashgan. Qalʼa yaqinidan teatr, shaharning aso-siy koʻchasi, uy harobasi topilgan. Shahar atrofidan esa maqbara, ibodatxona va turar joy qoldikdari chiqqan.

O.dan moddiy va badiiy madaniyatning turli xildagi koʻplab obidalari, tangalar, yunon epigrafikasi yodgorliklari, Geraklning bronza haykali, oʻsmir haykali, ibodatxonaga oʻrnatilgan ulkan marmar haykalning 5 pan-jali oyoq qismi, ibodatxonadan salavkiylar, yunon-baqtriya, hind-yunon va hind mis va oltin tangalari, temir buyumlar, qimmatbaho toshlar xazina-si topilgan.

Adabiyot

  • Velikiy shelkoviy put, T., 1999.

Edvard Rtveladze.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.