Gimnasiy
Gimnasiy (yun. gymnasion) — Yunoniston shaharlari va ellinistik Sharkda davlat oʻquv-tarbiya muassasasi. Gimnasiylarning paydo boʻlgan vaqti haqida aniq maʼlumot yoʻq. Mil. av. V—IV asrlarda keng tarqalgan. Gimnasiy avval jismoniy mashqlar bilan shugʻullaniladigan maskan sanalgan. Keyinchalik yoshlarning musiqiy (akliy va estetik) hamda gimnastik (axloqiy va jismoniy) rivojlanishini taʼminlovchi, shu bilan birga birbirlari bilan muloqotda boʻlish markaziga aylangan. Gimnasiydavlat nazoratidagi maktab boʻlgan. Unga zodagon quldorlar oilasining palestra (Yunoni-stondagi 12—16 yoshli bolalarning gimnastika maktabini tugatgan 16 yoshli farzandlari qabul qilingan. Ular gimnasiyda 18 yoshgacha gimnastika bilan shugʻullanishgan hamda adabiy, falsafiy va siyosiy taʼlim olishgan. Gimnasiyda taʼlim olayotgan bolalarning qanchalik chiniqqan, chidamli, sogʻlom, jismonan va ruhan baquvvatligi davlat tomonidan nazorat qilingan. Falsafa, adabiyot, siyosatga doir bilimlarni mamlakatdagi tanikli kishilar olib borishgan. Gimnasiylar ichida Platon oʻz shogirdlari bilan suhbat oʻtkazgan Akademiya va Aristotel tashkil etgan Likey (qarang Litsey) mashhur boʻlgan. Gimnasiyni tugatgan yigitlar efebiya maktabida harbiy bilim olishgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.