Osteomalyasiya
Osteomalyasiya (yumshoqlik) — odam va hayvonlar (asosan, qoramollar) da uchraydigan moddalar almashinuvi kasalligi. Bunda moddalar almashinuvidan asosan mineral moddalar almashinuvi buzilib, koʻproq suyak toʻqimasi zararlanadi. Suyaklar yumshab qoladi, egiluvchanligi oshadi va deformatsiyalanadi. Kasallikda suyak toʻqimalarida ishqoriy fosfatazalar faolligi oshib, vitamin D metabolizmining hosil boʻlishi toʻxtab qoladi va bu skelet suyaklarida qayta qurilish roʻy berishiga olib keladi. Ayollarda, ayniqsa, homiladorlik davrida kuzatiladi. Bemorga vitaminlarga boy ovqatlar buyuriladi. Hayvonlarda ozuqa ratsionida kalsiy, fosfor tuzlari, vitamin D yetishmasligi, oftobdan bahra oldirmaslik, yosh davrida qochirish osteomalyasiyaga sabab boʻladi. Belgilari odam va hayvonlarda boʻshashish, koʻp yotish, qaltirash, suyaklari yumshab moʻrtlashishi, chanoq, oyoq suyaklari qiyshishi, tishi qimirlashi, ishtahasi boʻgʻilishi, suyak va boʻgʻimlari ogʻrishi kuzatiladi.
Davosi
Odamlar uchun vitaminlarga, mineral moddalarga boy ovqatlar va hayvonlarga yem-xashak beriladi. Ratsionga suyak uni, fosforin, monokalsiy fosfat, bor, osh tuzi, baliq moyi kerakli miqdorda qoʻshiladi. Hayvonga sunʼiy ultrabinafsha nur tushiriladi. Kasallikning oldini olish uchun hayvonlarni toʻyimli va sifatli yem-xashak bilan boqish kerak[1].
Manbalar
| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.