Metabolizm

Metabolizm (yunoncha: μεταβολή – metabole – oʻzgarish) – hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reaksiyalar majmui. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xosil boʻladi. „Metabolizm“ termini, koʻpincha, moddalar va energiya almashinuvining hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan Metabolizm tor maʼnoda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xujayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. Oziq moddalar hujayraga tushgach, bir qator kimyoviy oʻzgarishlarga uchraydi. Bunday reaksiyalarning muayyan tartibda ketma-ket roʻy berishi metabolitik yoʻl, hosil boʻlgan oraliq mahsulotlar metabolitlar deyiladi. Metabolizm anabolizm va katabolizmdan iborat. Anabolizmda hujayralar va toʻqimalar tarkibiga kiruvchi moddalar sintezlanadi, hujayra tarkibi yangilanadi. Anabolitik reaksiyalar, asosan, qaytarilish reaksiyalaridan iborat boʻlib, ular erkin kimyoviy energiya sarf boʻlishi orqali boradi (qarang Qaytarilish reaksiyalari). Katabolitik reaksiyalar, asosan, oksidlanish reaksiyalaridan iborat boʻlib, unda murakkab moddalar birmuncha oddiy molekulalargacha parchalanadi va energiya ajralib chiqadi (qarang Oksidlanish reaksiyalari). Metabolizmning bu ikki tomoni oʻzaro chambarchas bogʻlangan[1]. Hujayrada boradigan moddalarning sintezlanish jarayoni biologik sintez yoki qisqacha aytganda biosintez deyiladi. Barcha biosintez reaksiyalari energiya yutilishi bilan amalga oshadi. Hujayrada boradigan oqsil,uglevod, lipid va nuklein kislota kabilarning sintezlanishi plastik almashinuvga misol boʻladi. Biosintez reaksiyalari yigʻindisi plastik almashinuv yoki assimilyatsiya deyiladi. Fermentlar yordamida oddiy kichik molekulali moddalardan murakkab yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar, monosaxaridlardan esa murakkab uglevodlar hosil boladi. Azotli asoslari esa nukleotidlar hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy atsetat kislotalardan murakkab yogʻ kislotalari hosil boladi. Ular glitserin moddasi bilan reaksiyaga kirishib yogʻlarni va moylarni hosil qiladi. Parchalanish reaksiyalarining yigʻindisi hujayrada energiya almashinuvi yoki dissimilyatsiya deyiladi.

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.