Oraziy
| Oraziy | |
|---|---|
| Tavalludi |
Alixon Mullaoxun oʻgʻli 1867-yil |
| Vafoti | 1942-yil |
| Taxallusi | Oraziy |
| Ijod qilgan tillari | Oʻzbek tili |
| Janr | Gʻazal, muxammas, murabba, ruboiy |
Oraziy (taxallusi; asl ismi: Alixon Mullaoxun oʻgʻli; 1867-yil, Namangan — 1942-yil) — shoir, oʻqituvchi va kotib.
Hayoti
Alixon Mullaoxun oʻgʻli Oraziy 1867-yilda Namanganda dindor oilada tugʻilgan. Dastab rus-tuzem maktabida, soʻng madrasada tahsil olgan. Maktabda oʻqituvchilik, jamoat tashkilotlarida kotib boʻlib faoliyat yuritgan. Hayratiy, Zavqiy, Muqimiy va Furqat kabi shoirlar izidan yurib sheʼrlar yozgan. Uning gʻazal, muxammas, murabba va ruboiylari Fargʻona vodiysidagi roʻznomalarda muntazam nashr etilgan. Oraziyning „Oʻqi“, „Ilm“ va „Roʻzgʻor oynasi“ nomli sheʼrlarida ilm-maʼrifat, hurriyat va kasb-hunar mavzulari targʻib etilgan. Shoir 1942-yilda vafot etgan. Oʻzbekiston badiiy adabiyot nashriyoti 1959-yilda Oraziyning tanlangan asarlarini nashr etgan[1].
Abadiyotlar
- Oraziy. Tanlangan asarlar. Toshkent: „Oʻzbekiston badiiy adabiyot“ nashriyoti, 1959.
Manbalar
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
Havolalar
| Vikiiqtibosda Oraziyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Yozuvchi, shoir yoki dramaturgga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.