Zavqiy

Zavqiy
Tavalludi 1853
Vafoti 1921[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Kasbi shoir

Zavqiy (taxallusi; asl ism sharifi Ubaydullo Solih oʻgʻli) (1853 – Qoʻqon – 1921) – oʻzbek lirik shoiri. Qoʻqondagi „Madrasai oliy“ va „Madrasai chalpak“da tahsil olgan (1870–1874). Maxsidoʻzlik bilan shugʻullangan. Maʼlum muddat mirzalik qilgan, Xoʻjand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarida boʻlgan. Togʻasi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903-yil Qoʻqonga qaytgan. Zavqiy mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirgan, Qoʻqon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodira, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan.

Sheʼrlari

Zavqiyning gʻazal, muhammas, muvashshaxlari („Aylab keling“, „Radifi Zavqiy“ va boshqalar)da oʻzi yashagan muhit va tuzum, mehnat axlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuygʻularini qaramaqarshi qoʻyadi („Yuzingni koʻrsatib avval“, „Bodai vasling“ va boshqalar), kishilarni turmush goʻzalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Zavqiyning bir qancha sheʼrlari („Kajdor zamona“, „Ajab zamona“, „Abdurahmon shayton“ va boshqalar)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor maʼmuriyati himoyasida boʻlgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Zavqiyning „Muncha koʻp“ radifli hamda „Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi“ misrasi bilan boshlanuvchi muhammaslari XIX asr boshlari sheʼriyatidagi eng oʻtkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi.

Asarlari

Zavqiy ijodiy merosida oʻzbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta oʻrin tutadi („Yangi Qoʻrgʻon qishlogʻi“, „Suv janjali“, „Shohimardon sayohati“ ). Bu asarlar Muqimiyning „Sayohatnoma“si taʼsirida yozilgan. Zavqiy Muqimiyning hajvchilik yoʻlini davom ettirib, oʻzbek adabiyotida hajviy yoʻnalish taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi („Obid mingboshi haqida hajv“ va boshqalar). Zavqiyning „Voqeai qozi saylov“ (1909–1910), „Qahatchilik“ (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. „Ajab ermas“ radifli muhammasi XX asr boshlari oʻzbek sheʼriyatida muhim hodisa boʻldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator sheʼrlari („Taʼrifi kalish“, „Otim“, „Fonus“, „Sigirim“, „Pashshalar“ va boshqalar)da zaharxanda bilan kuladi.

Zavqiyning „Voqeai qozi saylov“, „Qahatchilik“ dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.

Gʻazal va muhammaslari

Shoirning ishqiy gʻazal va muhammaslari oʻsha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan („Yor kelur zamona yoʻq, kelmasa-kelmasun netay?!“, „Kulbam aro, ey maxliqo, bir yoʻl xirom aylab keling“ va boshqalar).

Xotira

Zavqiyning sheʼrlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda ogʻzaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qoʻqon shahridagi bir mahalla, qishloq, maktab va koʻchaga Zavqiy nomi berilgan.

Ilmiy adabiyotlar

  • Razzoqov H. Zavqiy. Hayoti va ijodi. T., 1955.
  • Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. T., 1987.

video Zavqiy

  1. // (unspecified title)

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.