Omon Matjon

Vikipediyada ismi Omon va familiyasi Kekilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Omon Matjon
Tavalludi 14-fevral 1943-yil
Vafoti 29-oktyabr 2020-yil(2020-10-29)
(77 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston va SSSR
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Kasbi shoir, tarjimon
Faoliyat yillari 1965—2020-yillar
Unvoni
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti

Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi: Omon Matchonov; 1943-yil 14-fevral, Xorazm viloyati, OʻzSSR – 2020-yil 29-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik shoir, Oʻzbekiston xalq shoiri.

Bolalik yillari

Omon Matjon goʻdaklik davridayoq onasidan ayriladi. Omon Matjon maktabning uchinchi sinfida oʻqib yurgan paytlarida sheʼrlar, ertaklar yozgan. Uning ilk sheʼri 1958-yilning 15-martida Yangibozor tuman gazetasida bosilib chiqqan[1]. Oʻn olti yoshida oʻrta maktabni tugatgan.

Faoliyati

Omon Matjon oliy maktabni tamomlagach, Toshkentga kelib, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri (1969–1985), „Yoshlik“ jurnalida bosh muharrir (1985–1991), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991–1994), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais oʻrinbosari (1994–1999), „Choʻlpon“ nashriyotida direktor (1999–2001), 2001-yildan „Gulxan“ jurnalida bosh muharriri kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ijodi

Shoirning sheʼrlari 1965-yildan boshlab eʼlon qilina boshlagan. Shoirning „Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1973), „Quyosh soati“ (1974), „Yonayotgan daraxt“ (1977), „Yarador chaqmoq“ (1977), „Seni yaxshi koʻraman“ (1981), „Daraxtlar va giyohlar“ (1984), „Oʻrtamizda birgina olma“ (1990), „Odamning soyasi quyoshga tushdi“ (1991), „Qush yoʻli“ (1993), „Iymon yogʻdusi“ (1994), „Ardaxiva“ (2000), „Xoja Ahror ziyoratlari“ (2002) va boshqa sheʼriy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, oʻzi tugʻilib oʻsgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustuvorlik qiladi. Omon Matjon lirik sheʼrlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining oʻziga xos badiiy talqini – „Haqqush qichqirigʻi“ (40 afsona, 1979) sheʼrlar kitobini, istiqlol arafasidagi shoʻrolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bagʻishlangan „Gaplashadigan vaqtlar“ (1986) qissasini, shuningdek, oʻzbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari („Pahlavon Mahmud“, 1975; „Beruniy“, 1977 va boshqalar) ni yaratgan. „Ming bir yogʻdu“ (1982) asari Alisher Navoiy „Xamsa“si taʼsirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida oʻtmishda yashab ijod qilgan oʻlmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik sheʼriyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Oʻzbek sheʼriyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik sheʼriyatni epik sheʼriyat unsurlari bilan boyitgan.

Mukofotlari

Manbalar

  1. 9-sinf Adabiyot darsligi, 229-bet, 2019-yil. 
  2. Jumaboyeva J., Omon Matjon, T., 1993.
  3. „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.