Rais

Rais (arab. — rahbar, sardor) — 1) Oʻrta Osiyo xonliklarida shariat qonunqoidalari, diniy marosimlar, urfodatlar, roʻza tutish, namoz oʻqish, xayru ehson ishlarining oʻz vaqtida aniq bajarilishini nazorat qiluvchi, ota-onalarning bolalarini maktabga yuborishlarini, savdo axlining haridorlar haqiga xiyonat qilmasligi uchun tarozi va toshlarning toʻgʻri boʻlishini tekshirib turuvchi mansabdor. Rais, shuningdek, shahar orastaligi va xavfsizligi uchun ham masʼul hisoblangan. Har bir yirik qishloq va shaharning oʻz Raisi boʻlib, qozikalon tavsiyasiga binoan xukmdor tomonidan tayinlangan. Xorazmshoxlar saltanatida boshqa oʻrta asr sulolalaridan farqli oʻlaroq butun mamlakat Raisi lavozimi mavjud boʻlgan; 2) muayyan saylov organlari va tashkilotlar rahbari (Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi va hokazo); 3) anjuman, majlis yoki yigʻinga rahbarlik qiluvchi shaxs. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.