Norovirus

Norovirus
Sinonimlari Qishki qusish virusi, oshqozon virusi
Atomik aniqlikda to‘liq va kesilgan ko‘rinishlar
Belgilari Ich ketishi, qusish, qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i
Mutaxassislik Yuqumli kasalliklar
Asoratlari Suvsizlanish
Boshlanish vaqti Ta’sirlangandan 12–24 soat o‘tib
Davomiyligi 1–3 kun
Sabablari Norovirus
Tashxis usullari Belgilarga asoslangan
Oldini olish Qo‘l yuvish, ifloslangan yuzalarni dezinfeksiya qilish
Davolash Qo‘llab-quvvatlovchi davolash (yetarli miqdorda suyuqlik ichish yoki vena ichiga suyuqlik yuborish)
Oʻlim holati Yiliga taxminan 200 000 ta

Norovirus (Norwalk virusi nomi bilan ham tanilgan) — gastroenteritni keltirib chiqaruvchi eng keng tarqalgan virus[1][2]. Baʼzan „qishki qusish kasalligi“ deb ham ataladigan ushbu infeksiya qonsiz ich ketishi, qusish va oshqozondagi ogʻriqlar bilan tavsiflanadi[3][4]. Shuningdek, isitma yoki bosh ogʻrigʻi ham kuzatilishi mumkin[3]. Kasallik belgilari virus yuqqanidan soʻng odatda 24 soat ichida namoyon boʻladi va sogʻayish asosan bir-uch kun davom etadi. Asoratlar kam uchraydi, biroq yosh bolalar, keksalar va boshqa surunkali kasalliklari bor kishilarda suvsizlanishga olib kelishi mumkin[3].

Virus odatda fekal-oral yoʻl orqali tarqaladi[5]. Bu ifloslangan oziq-ovqat yoki suv, yoki odamdan odamga yuqish holatlari orqali yuz berishi mumkin[5]. Shuningdek, u ifloslangan yuzalar yoki kasallangan kishining qusugʻidan havoga tarqalgan tomchilar orqali ham yuqishi mumkin. Xavf omillariga taomlarni antisanitariya sharoitida tayyorlash va tirband joylarda birga yashash kiradi. Diagnoz, qoida tariqasida, alomatlarga tayanib qoʻyiladi. Tasdiqlovchi tahlillar odatda oʻtkazilmaydi, lekin kasallik avj olgan paytlarda sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan oʻtkazilishi mumkin.

Oldini olish choralari qoʻllarni toʻgʻri yuvish va ifloslangan yuzalarni dezinfeksiya qilishdan iborat[6]. Norovirusga qarshi vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas[6][7]. Davolash, asosan, yetarli miqdorda suyuqlik ichish yoki vena ichiga suyuqlik yuborish kabi qoʻllab-quvvatlovchi terapiyadan iborat. Ichish uchun ogʻiz orqali qabul qilinadigan regidratatsiya eritmalari afzal koʻriladi, ammo tarkibida kofein yoki spirtli ichimlik boʻlmagan boshqa ichimliklar ham yordam berishi mumkin. Noroviruslar qobiqsiz boʻlgani sababli, tarkibida spirt boʻlgan antiseptik vositalari ularga qarshi samarasiz boʻlishi mumkin, biroq virusning ayrim genotiplari taʼsirchanroq boʻladi[8].

Norovirus jahon miqyosida yiliga qariyb 685 million odamning kasallanishiga va 200 ming kishining oʻlimiga sabab boʻladi[9]. U ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan[10]. Kasallik koʻpincha besh yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi va bu yosh guruhida rivojlanayotgan mamlakatlarda taxminan 50 ming oʻlim holatiga olib keladi. Norovirus infeksiyasi asosan qish oylarida koʻp uchraydi. U koʻpincha epidemik tarzda, ayniqsa, bir joyda zich yashovchi odamlar orasida tarqaladi. AQSHda oziq-ovqatdan zaharlanish bilan bogʻliq barcha kasallik avj olishining qariyb yarmiga aynan shu virus sababchidir. Virus nomi 1968-yilda kasallik tarqalgan Ogayo shtatining Norwalk shahri sharafiga qoʻyilgan[11].

Belgilari va alomatlari

Norovirus infeksiyasi koʻngil aynishi, qusish, suyuq ich ketishi, qorin ogʻrigʻi va ayrim hollarda taʼm bilish hissini yoʻqotish bilan tavsiflanadi. Odatda, norovirus bilan zararlangandan 24 soat oʻtib, insonda gastroenterit alomatlari paydo boʻladi[12]. Shuningdek, umumiy lanjlik, holsizlik, mushak ogʻriqlari, bosh ogʻrigʻi va haroratning biroz koʻtarilishi kuzatilishi mumkin. Kasallik koʻpincha oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi va kamdan kam hollarda ogʻir kechadi. Garchi norovirus bilan kasallanish yoqimsiz holat boʻlsa-da, u odatda xavfli hisoblanmaydi va uni yuqtirganlarning aksariyati ikki-uch kun ichida butunlay sogʻayib ketadi.

Norovirus immuniteti zaif, masalan, umumiy oʻzgaruvchan immun tanqisligi boʻlgan yoki aʼzolar koʻchirib oʻtkazilgandan soʻng immun tizimi sustlashgan odamlarda uzoq muddatli infeksiyani keltirib chiqarishi mumkin[13]. Bunday infeksiyalar alomatlar bilan yoki alomatlarsiz kechishi mumkin. Ogʻir hollarda surunkali infeksiyalar norovirus bilan bogʻliq enteropatiya, ichak vorsinkalari atrofiyasi va malabsorbsiyaga olib kelishi mumkin[13].

Manbalar

  1. „Norovirus (vomiting bug)“. nhs.uk (2017-yil 19-oktyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  2. „Norovirus Worldwide“ (en-us). CDC (2017-yil 15-dekabr). 2018-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Norovirus Symptoms“ (en-us). CDC (2016-yil 24-iyun). 2018-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  4. Brunette, Gary W.. CDC Yellow Book 2018: Health Information for International Travel. Oxford University Press, 2017 — 269-bet. ISBN 9780190628611. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr (2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan). 
  5. 5,0 5,1 Brunette, Gary W.. CDC Yellow Book 2018: Health Information for International Travel. Oxford University Press, 2017 — 269-bet. ISBN 9780190628611. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr (2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan). 
  6. 6,0 6,1 „Preventing Norovirus Infection“ (en-us). CDC (2017-yil 5-may). 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  7. „Norovirus – Treatment“. CDC. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  8. Park, Geun Woo; Collins, Nikail; Barclay, Leslie; Hu, Liya; Prasad, B. V. Venkataram; Lopman, Benjamin A.; Vinjé, Jan (23 June 2016). "Strain-Specific Virolysis Patterns of Human Noroviruses in Response to Alcohols". PLOS ONE 11 (6). doi:10.1371/journal.pone.0157787. ISSN 1932-6203. PMID 27337036. PMC 4919085. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4919085. 
  9. „Global Burden of Norovirus and Prospects for Vaccine Development“. CDC (2015-yil avgust). 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  10. "A systematic review and meta-analysis of the prevalence of norovirus in cases of gastroenteritis in developing countries". Medicine 96 (40). October 2017. doi:10.1097/MD.0000000000008139. PMID 28984764. PMC 5738000. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5738000. 
  11. Vesikari, Timo „25. Norovirus vaccines in pipeline development“, . Pediatric Vaccines and Vaccinations: A European Textbook, Second (en), Switzerland: Springer, 2021 — 289–292-bet. ISBN 978-3-030-77172-0. 
  12. „Norovirus | Clinical Overview | CDC“. www.cdc.gov. 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
  13. 13,0 13,1 Bok, K; Green, K. Y. (2013-03-16). "Norovirus Gastroenteritis in Immunocompromised Patients". New England Journal of Medicine 368 (10): 971. doi:10.1056/NEJMc1301022. PMID 23465122. PMC 4793940. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4793940. 

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.