Muzqaymoq

Koʻpirtirilgan qaymoq, shokoladli sous va gofretdan tayyorlangan vanilinli muzqaymoq.

Muzqaymoq — tuxum, qaymoq yoki turli mevalardan tayyorlanadigan yaxna shirinlik. Muzqaymoq uchun dastlab asosiy masalliq birikmasini tayyorlash va birikmani muzlatish jarayoni talab etiladi. Qaymoqli muzqaymoq uchun tuxum yoki tuxum sarigʻi shakar bilan qorishtirib, yaxshilab aylantiriladi, shakari erigach, issiq sut quyiladi va chil-choʻp bilan betoʻxtov aylantirib turiladi. Idishda yaxshi aralashgan quyuq massa hosil boʻladi. Unga vanilin qoʻshiladi, soʻngra qolip idishlarga quyilib, sovitib, muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq olish uchun masalliqlar (g hisobida): 600 g sut, 75g qaymoq, 250 g shakar, 0,1 g vanilin, 3 dona tuxum. Mevali muzqaymoq uchun meva kaynatib pishiriladi, soʻngra sim elakdan oʻtkazilib, pyure tayyorlanadi. Qaynoq suvda shakar eritiladi. Masalliklar sovigach, pyure bilan qiyom aralashtiriladi va qoliplarga solib muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq uchun 200 g meva (qulupnay, mandarin va boshqalar), 325 g shakar, 1 g limon kislotasi kerak boʻladi[1].

Muzqaymoq tarkibi- Sut mahsulotlari

Muzqaymoqning asosiy xomashyosi boʻlib, mahsulotga ozuqaviy qiymat, mazali taʼm va qaymoqli tuzilma beradi.

Butun sut — oqsil, yogʻ va laktoza manbai.

Qaymoq — yuqori yogʻli boʻlib, mahsulotni yumshoq va mazali qiladi.

Sut kukuni (toʻliq yoki yogʻsiz) — qalinlashtirish uchun ishlatiladi.

Saryogʻ yoki sut yogʻi — yogʻ miqdorini oshirish va tuzilmani yaxshilashda ishlatiladi.

Shakar va shirinlashtiruvchilar

Muzqaymoqqa kerakli shirinlik va tekstura beruvchi asosiy ingredientlar.

Shakar (saxaroza) — asosiy shirinlashtiruvchi.

Glyukoza siropi yoki kukuni — teksturani yumshatish va kristallanishni oldini olishda yordam beradi.

Fruktoza — shirinligini oshirish uchun ishlatiladi.

Sunʼiy shirinlashtiruvchilar (kam kaloriyali variantlar uchun): steviya, aspartam, sukraloza va boshqalar.

Stabilizatorlar va emulgatorlar

Muzqaymoqning kristallanmasligi, silliq tuzilmasi va uzoq muddat saqlanishi uchun qoʻshiladi.

Stabilizatorlar: guar saqichi, karboksimetilsellyuloza (KMS), jelatin, agar-agar, pektin, alginatlar.

Emulgatorlar: mono- va diglitseridlar, lecitindan foydalaniladi (tarkibni bir xil qilish uchun)..

Suv

Muzqaymoq massasining katta qismini tashkil etadi. Yuqori sifatli tozalangan suv ishlatiladi. Sut tarkibidagi suv ham hisobga olinadi.

Tatlar va aromatlar

Muzqaymoqning turi va brendiga qarab quyidagilar ishlatiladi:

Tabiiy tatlar: vanil, kakao, mevalar, kofe, yongʻoqlar.

Sunʼiy aromatlar: vanilin, mevali esensiyalar.

Meva pyuresi yoki boʻlaklari: qulupnay, malina, mango, limon, banan va boshqalar.

Rang beruvchilar (agar kerak boʻlsa)

Tabiiy: zardob (safron), lavlagi ekstrakti, spirulina, sabzavot ekstraktlari.

Sunʼiy: E-kodli ranglar, masalan, E102 (tartrazin), E133 (brilliant koʻk).

Tarixi

Bahroma shokoladli muzqaymogʻi

Kelib chiqishi

Muzqaymoqli desertlarning kelib chiqish tarixi nomaʼlum boʻlib, ularning kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta manbalar mavjuddir. Baʼzi manbalarda, miloddan avvalgi 550-yillarda Fors davlatidan kelib chiqqan muzqaymoqga oʻxshash yeguliklar tasvirlangan[2][3], boshqa manbalarda esa Rim imperatori Neron asal va sharob aralashmasidan iborat boʻlgan birinchi sorbetni tayyorlash uchun Apennin togʻlaridan muz toʻplaganligi aytiladi, hozirga kelib esa sorbet shirinligi ilk marotaba Fors davlatida tayyorlangan deb ishoniladi[4][3][5][6][7]. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, muzqaymoq Moʻgʻullar imperiyasida paydo boʻlgan hamda ilk marotaba Xitoyga Moʻgʻullar imperiyasi sarhadlari kengayishi paytida tarqalgan[8].

Galereyasi

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Book of Firsts (ingliz). RW Press. ISBN 978-1-909284-29-6. „c. 550-530 BC, First mention of flavoured snow or ice : during the Persian Empire“ 
  3. 3,0 3,1 Marks, Gil. Encyclopedia of Jewish Food (ingliz). HMH, 2010-11-17. ISBN 978-0-544-18631-6. 
  4. „Birthplace of ice cream: Persians are believed to have introduced the art of frozen desserts“ (en). The Indian Express (2018-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  5. Cousineau, Phil. The Painted Word: A Treasure Chest of Remarkable Words and Their Origins (en). Simon and Schuster, 2012-09-11. ISBN 9781936740253. „The ancient Persians created a delicious and cooling concoction called sharbat“ 
  6. Weir, Caroline; Weir, Robin. Ice Creams, Sorbets & Gelati:The Definitive Guide, 2010 — 9-bet. 
  7. Migoya, Francisco J.. Frozen Desserts. The Culinary Institute of America, 2008. 
  8. Clarke, Chris. Science of Ice Cream. Royal Society of chemistry, 2004 — 4-bet. 

Havolalar




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.