Marksizm
Marksizm — Marks va Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot.
Tarixi
Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va boshqalar), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va boshqalar), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va boshqalar) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm taʼlimotini ishlab chiqdilar.
Marksizmda moddiy ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari jamiyatning negizi sifatida qaraladi. Marksizm xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatda ishlab chiqarishning ijtimoiy va oʻzlashtirishning xususiy harakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob toʻgrisidagi qonunni asoslashga urinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, sinfiy kurash bilan bogʻliq nazariyani ilgari suradi. Jamiyat tarixiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. Marksizmga koʻra, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. Marksizm ishlab chiqarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshqa mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan notoʻgʻri qarashni ilgari suradi.
Marksizmning qoʻshimcha qiymat qonuni kapitalizmning asosiy iqtisodiy qonuni deb qaralgan. Marksizmda tarixni materialistik tushunish orqali jamiyatning rivojlanish qonunlari, kapitalizmning sotsializm bilan almashinishi muqarrarligi, kapitalizmdan sotsializmga oʻtish davri, kommunizmning ikki fazadan iborat ekanligi gʻoyasi ilgari suriladi va sotsializm kommunizmning quyi fazasi sifatida qaraladi.
Marksizm XIX asr ijtimoiy fikr taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Ayni vaqtda undagi xayoliy, ziddiyatli va xato tasavvurlar tanqidga uchradi. Marksizmda ijtimoiy qarama-qarshiliklar, sinfiy kurash va zoʻrlik nazariyasi mutlaqlashtirildi, proletariatning tarixiy roli asossiz ravishda ulugʻlandi. Marksizm Rossiyadagi Oktabr toʻntarishi va kommunistik totalitarizmga xizmat qildi.
Marksizm davlat mafkurasi boʻlib qolgan koʻp mamlakatlarda XX asrning 80-yillaridan boshlab mustabid rejimlarning yemirilishi va mustaqil davlatlarning taraqqiyot yoʻllarini belgilab olishi marksizmni tanqidiy oʻrganish va unga baho berishda yangi davrni boshlab berdi[1].
Manbalar
- ↑
„Marksizm“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (M-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
| Vikiiqtibosda Marksizmga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.