Manjutakin
Manjutakin (arabcha: منجوتكين) — Fotimiylar xalifasi al-Aziz Billohning (h. 975–996) gʻilmoni. Turkiy xalqlar vakili boʻlib, xalifa al-Aziz hukmronligi davrida Fotimiylarning yetakchi sarkardalaridan biriga aylangan va Hamdoniylar hamda vizantiyaliklarga qarshi Suriyada jang qilgan. Xalifa al-Hakim hukmronligining (h. 996–1021) dastlabki yillarida berberlar hukmron boʻlgan rejimga qarshi isyon koʻtarib, magʻlub etilgan va asirlikda vafot etgan.
Hayoti
Manjutakin xalifa al-Aziz va undan avval hukmronlik qilgan al-Muʼizz (h. 953–975) davrida Fotimiylar saroyiga kirgan turkiy gʻimonlar orasida eng nufuzli sarkardalardan biri boʻlgan. Bunday turkiy jangchilar, asosan, berber qabilalaridan (koʻp hollarda Kutama qabilasidan) tarkib topgan qoʻshinda muvozanat saqlash maqsadida saroyga jalb etilgan va alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan[1][2].
991-yilda Fotimiylar siyosatida butun umri davomida yuqori mavqega ega boʻlgan hamda uzoq yillar davomida vazir lavozimida xizmat qilib kelgan Yaʼqub ibn Killisning vafotidan soʻng, xalifa al-Aziz Suriyada yanada tajovuzkor siyosat yuritishni tanlab, Manjutakinni Damashq hokimi etib tayinladi[3]. Saʼd ud-Davlaning vafotidan keyin uning tarafdorlarining bir qismi Fotimiylar tomonga qochib oʻtgan edi. Ularning daʼvati va daldasidan ruhlangan xalifa al-Aziz Halabdagi Hamdoniylar amirligiga qarshi yangi hujumlar boshlashga qaror qildi va yurishni Manjutakinga topshirdi. Fotimiylar sarkardasi amirlikka bostirib kirib, 992-yil iyun oyida Antioxiya douxi Michael Bourtzes boshchiligidagi Vizantiya qoʻshinini tor-mor etdi va Halabni qamal qildi. Biroq qamalni yetarli darajada shiddat bilan davom ettira olmadi. 13 oylik qamaldan soʻng, 993-yil bahorida taʼminot yetishmasligi sabab Manjutakin Damashqqa qaytishga majbur boʻlguniga qadar shahar qamalga bemalol qarshilik koʻrsata oldi[4][5]. 994-yil bahorida Manjutakin yana bir bor bostirib kirdi, sentyabr oyida Orontes jangida Bourtzesni magʻlub etgach, Hims, Apamea va Shayzarni egallab oldi hamda Halabni qamal qildi. Bu safar qamal ancha samarali boʻlib, tez orada keskin ravishda oziq-ovqat tanqisligi yuzaga keldi. Biroq shahar himoyachilari Hamdoniylarning de facto regenti Luʼluʼ al-Kabirning qatʼiy rahbarligi ostida qamalga bardosh berishda davom etdi. Nihoyat, 995-yil aprel oyida Vizantiya imperatori Vasiliy kutilmaganda shaxsan oʻzi yetib kelguniga qadar shahar qamalga bardosh berib turdi. Vasiliy oʻsha paytda Bolgariyada yurish olib borayotgan edi, biroq Hamdoniylarning yordam qilgan murojaatiga javoban shaxsan oʻzi qoʻshinga boshchilik qilib, atigi 16 kunda Onadoʻlini kesib oʻtdi. Uning kutilmagan tashrifi va qoʻshini soni haqida tarqalgan boʻrttirilgan xabarlar Fotimiylar qoʻshinida vahima uygʻotdi. Ayniqsa, Manjutakin qandaydir xavf yuzaga kelishi mumkinligini kutmagan edi, shu sababli otliq askarlarining otlarini oʻtlatish uchun shahar atrofida tarqatib yuborishni buyurgan edi. Shunday qilib, qoʻshini ancha katta va yaxshi dam olgan boʻlishiga qaramay, Manjutakin noqulay ahvolda qoldi. Manjutakin qarorgohini yoqib yubordi va jang qilmasdan Damashqqa chekindi. Vizantiyaliklar Tripolini muvaffaqiyatsiz qamal qildilar hamda Tartusni egalladilar. Endilikda al-Azizning oʻzi vizantiyaliklarga qarshi yurishga hozirlik koʻra boshladi. Biroq yurish boshlanishidan avval 996-yil 14-oktyabrda vafot etdi[6][7][8].
Al-Azizning vafotidan soʻng uning yosh oʻgʻli al-Hakim taxtga oʻtirdi. Kutamalar fursatdan foydalanib, oʻz yetakchilari al-Hasan ibn Ammarni bosh vazir etib tayinlashga erishdi va amalda markaziy hukumatni nazoratiga oldi. Bu holat Manjutakin boshchiligidagi turkiy guruhning qarshi reaksiyasini keltirib chiqardi. Al-Hakimning hadimi Barjavonning yashirin koʻmagi bilan Manjutakin qoʻshini bilan janubga, Misr tomonga yoʻl oldi. Berberlar esa Sulaymon ibn Jaʼfar ibn Falloh qoʻmondonligi ostida toʻplandilar. Ikki qoʻshin Ramla yoki Asqalonda toʻqnash keldi. Jang Manjutakinning magʻlubiyati bilan yakunlandi va Manjutakin asirga olindi[9]. Ibn Falloh Damashqqa borib, u yerda hokim lavozimini egalladi, Manjutakinni esa Ibn Ammor iliq kutib oldi. Ibn Ammorning maqsadi shu yoʻl bilan turkiy jangchilarni oʻz hokimiyatiga moslashtirish va ularni xalifalik hokimiyatiga qarshi muvozanat kuchi sifatida ishlatish edi. Biroq uning bu rejasi oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Manjutakinga Qohirada isteʼfoda yashashi uchun ruxsat berildi va u 1007-yilda vafot etdi[10].
Yana qarang
- Aziz ud-Davla — Manjutakinning gʻilmoni, keyinchalik Fotimiylarning Halabdagi ilk hokimiga aylangan.
Manbalar
- ↑ Kennedy 2004, s. 322.
- ↑ O'Leary 1923, s. 125.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 324–325.
- ↑ Stevenson 1926, s. 251.
- ↑ Whittow 1996, ss. 379–380.
- ↑ Stevenson 1926, ss. 251–252.
- ↑ Kennedy 2004, s. 325.
- ↑ Whittow 1996, s. 380.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 327–328; O'Leary 1923, ss. 123–126.
- ↑ Kennedy 2004, s. 328; O'Leary 1923, s. 126–127.
Adabiyotlar
- Bianquis, Thierry. Damashq va Fotimiylar hukmronligi ostidagi Suriya (359-468/969-1076): o‘rta asr arab solnomalarini talqin qilishga doir tajriba. Birinchi tom (French). Damascus: Institut français de Damas, 1986. ISBN 978-2-35159130-7.
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Ikkinchi, Oxford and New York: Routledge, 2016. ISBN 978-1-138-78761-2.
- O'Leary, De Lacy. Fotimiylar xalifaligi qisqacha tarixi. London: Kegan Paul, Trench, Trubner & Co. Limited, 1923.
- Stevenson, William B. „VI-bob. Suriya va Misrda Islom (750–1100)“, . Kembridj o‘rta asrlar tarixi, V jild: Imperiya va papalik qarama-qarshiligi. New York: The Macmillan Company, 1926 — 242–264-bet.
- Whittow, Mark. The Making of Byzantium, 600–1025. Berkeley and Los Angeles, California: University of California Press, 1996. ISBN 978-0-520-20496-6.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.