Malcolm Todd
Malcolm Todd (1939-yil 27-noyabr – 2013-yil 6-iyun) – ingliz arxeologi. Angliyaning Durham shahrida, konchi oilasida tavallud topgan. Todd Oksforddagi Sent-Devid kolleji, Lampeter va Brasenose kollejida klassik arxeologiya boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Nottingem va Ekseter universitetlarida oʻqituvchi va professor sifatida faoliyat yuritgan. Bu vaqt ichida Todd Rim Britaniyasida muhim qazishmalar olib borgan. Keyinchalik, Durhamdagi Trevelyan kollejiga direktor etib tayinlangan. Todd 2000-yilda Durhamdan nafaqaga chiqib, oʻzini tadqiqotlar va yozuvchilikka bagʻishlagan. Migratsiya davridagi Rim Britaniyasi va german xalqlari arxeologiyasiga oid bir qancha asarlar muallifi va muharriri ham boʻlgan.
Hayoti
Malcolm Todd 1939-yil 27-noyabrda Angliyaning Durham shahrida Wilfrid Todd va Rose Evelyn Jonsonlar oilasida tavallud topgan[1][2]. Durhamning otasi konchilik va dehqonchilik jamoasidan boʻlgan[3].
Taʼlim
Todd Hartlepool gimnaziyaga oʻqish uchun yuborilgan. Oʻgʻlini konchi boʻlishini istamagan otasining daldasi bilan 1963-yilda Lampeterdagi Sent-Devid kollejida klassika boʻyicha bakalavr (BA) darajasini hamda Oksforddagi Brasenose kollejida klassik arxeologiya boʻyicha diplom olgan. Oksforddagi oʻqituvchilari orasida Ian Richmond ham boʻlgan[3].
Faoliyati
Oʻqish davrida Todd Rim imperiyasining Reyn provinsiyalari arxeologiyasiga qattiq qiziqib qolgan va 1963-yildan 1965-yilgacha Harald fon Petrikovits qoʻl ostida Bonn Rheinisches Landesmuseumda ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan[3][4]. Todd 1964-yil 2-sentyabrda Molli Tanner bilan turmush qurgan, u bilan bir qiz va bir oʻgʻil boʻlgan[2].
Exeter universitetidagi faoliyati (1979–1996)

1979-yilda Todd Exeter universitetining arxeologiya professori etib tayinlangan[3]. Exeterda Todd Rim imperiyasi va migratsiya davri arxeologiyasi, erta Yevropadagi urbanizm va Rim imperiyasi, varvarlar oʻrtasidagi munosabatlarga oid izlanishlar olib borgan[5]. Shu bilan birga Todd Mendipsda qoʻrgʻoshinni qazib olishni tadqiq qilgan.
Manbalar
- ↑ „Todd, Prof. Malcolm“. Whoʻs Who. DOI:10.1093/ww/9780199540884.013.U37804. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Malcolm Todd“. Contemporary Authors. Gale (2002-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Professor Malcolm Todd“. The Times (2013-yil 18-iyul), s. 48. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Prof Malcolm Todd“. Debrett's People of Today. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Malcolm Todd“. University of Exeter. 2012-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.