Reyn
| Reyn | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 1 232,7 |
| Suv sarfi | 2 200 m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Shveysariya, Avstriya, Lixtenshteyn, Germaniya, Fransiya va Niderlandlar |
| Reyn | |
Reyn (olmoncha: Rhein , fransuzcha: Rhin, niderlandcha: Rijn) — Gʻarbiy Yevropadagi eng katta daryolardan biri, Shveysariya, Lixtenshteyn, Avstriya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya hududlaridan oqib oʻtadi. Uzunligi 1239 km, xavzasining maydoni 224,4 ming km². Alp togʻlaridan boshlanib, Boden koʻlidan oqib oʻtgach, Yura va Shvarsvald tizmalarini kesib oʻtadi. Soʻnfa Yuqori Reyn pastgekisligi boʻylab oqadi va oʻrta qismida tor vodiy orqali Reyn Slanetsli togʻlarini kesib oʻtib, Oʻrta Yevropa tekisligiga chiqadi. Shimoliy dengizga murakkab delta hosil qilib quyiladi. Yuqori qismida bahor — yoz oylarida, oʻrta va quyi qismlarida yil davomida sersuv. Yillik oʻrtacha suv sarfi 2500 m³/sek., yillik suv oqimi 79 km³.
Reyn — Gʻarbiy Yevropaning muhim xalqaro suv magistrali. Quyi oqimida yiliga 100 mln. t hajmda yuk tashiladi. Bazel shahridan boshlab 952 km masofada va Boden koʻlida muntazam kema qatnaydi. Reyn havzasidagi suv yoʻllarining umumiy uz. 3000 km chamasida. Kanallar orqali Rona, Marna, Vezer, Ems, Elba daryolari bilan tutashgan. GESlar qurilgan. Reyn boʻyida Bazel, Strasbur, Mangeym, Mayns, Bonn, Kyoln, Dyusseldorf, Duysburg shaharlari, deltasida Rotterdam dengiz porti joylashgan[1].
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.