Malaxit

Malaxit [roH.malache — malva (gulxayri bargining rangidan)] — karbonatlar sinfiga mansub mineral, Cu[CO3] (OH)2 tarkibli. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 4,0 g/sm5. Qoʻshimchalaridan koʻproq Zn maʼlum, shuningdek, SiO, SiO2, GeO3 va boshqa Monoklin singoniyada kristallanadi. Kristallari (ignasimon yoki prizmatik qiyofada) kam uchraydi. Yaltiroqligi ipaksimon, olmossimon yoki shishasimon. Mis konlarining oksidlanish zonasida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Olmaliqda, RF (Ural), Qozogʻiston (Shaqpaqti), AQSH va boshqa joylarda uchraydi. Malaxitning tuproqsimon massalari („malaxit yashili“) boʻyoq uchun xom-ashyo. Odatda, kurtak koʻrinishidagi oqiq poʻstloq, stalaktitsimon agregatlar, radial tolali strukturaga ega boʻlgan takrorlanuvchi yoʻl-yoʻl. Rangi oq-yashil, baʼzan qoʻngʻir-yashil. Malaxitning kurtaksimon massalari rangining oʻzgarib borishi kesmada va jilolangan yuzada nihoyatda chiroyli boʻlganligi uchun qoplama bezak tosh sifatida va buyumlar tayyorlashda juda qadimdan qoʻllanadi. Ermitajda (Sankt-Peterburg) Malaxitdan ishlangan 200 dan ziyod buyum saqlanadi. Dala sharoitida mis rudalarini qidirishda koʻpincha indikator.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.