Indikator
Indikator (lotincha: „indico“ — koʻrsataman, aniqlayman) — biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan obyektning holatini inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element). Vizual (koʻrib), akustik (eshitib), tahlil (sezish, iskash va b. ga asoslangan) va b. xillari bor. Inson axborotlarning qariyb 90 foizini koʻrib idrok qilgani uchun vizual I. kengroq ishlatiladi. Vizual I. ning katta guruhini tasviriy I. lar tashkil etadi, ular obyektning fazodagi holatini, tasnifiy oʻzgarishini grafik tarzda yoki elektron-nur trubkasi ekranida egri chiziq tarzida tasvirlaydi. „Hozir boʻlish effekti“ ni yaratuvchi vizual I. dan foydalanilganda yaxshi idroq qilinadi. Mas, samolyotning bir necha I. koʻrsatayotgan vaziyati samolyotni tusmollab qoʻndirish asbobidagi bitta koʻrinadigan shartli tasvir — obyektning ekranda siljishi bilan almashtiriladi (1-rasm). Kuzatilayotgan obyekt yaxshi koʻrinmaydigan joylarda akustik I. qoʻl keladi. Obʼyektdan keladigan signallarni darhol sezish lozim boʻlgan hollarda taktil I. vizual I. bilan birga qoʻllanadi.
Tuzilishiga koʻra, signal I. i (lampalar, qoʻngʻiroq, richag va b.), milli (minut, metr, kilogramm, gradus va b. ga boʻlingan shkalali), raqamli, tasviriy (yaqqol), proyeksion (elektron-nur trubkali) va aralash I. lar boʻladi. Vazifasiga koʻra, rostlash, oʻlchash, radiolokatsiya va b. xillarga boʻlinadi. Konchilikda plunjerli nasosning klapanlari ishini nazorat qilib turadigan rostlash I. i qoʻllanadi. Mashinasozlikda berilgan oʻlchamdan ogʻish qiymatini koʻrsatadigan oʻlchash I. i ishlatiladi (2-rasm). Radiolokatsiya I.iradiolokatorning taʼsir doirasida nishon paydo boʻlganini koʻrsatadi va uning koordinatalarini aniqlab beradi.[1]
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.