Malaka

Malaka — 1) psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi. Harakatning qisman gʻayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o'zgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari oʻzgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat holi boʻladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi. Buning natijasida topshiriq ravon, ortiqcha kuch sarflamay, tez va sifatli bajarila boradi. Masalan, tajribali mashinkada yozuvchi klavishlarga qaramasdan yozaveradi. Malaka hosil qilish tezligi uning murakkablik darajasi, kishining yoshi, individual xususiyati, bilimi va boshqa omillarga bogʻliq. Kishidagi malaka, koʻpincha, boshqa malaka hosil boʻlishida yordam beradi. Masalan, avtomobil haydashni yaxshi bilgan kishi traktor va boshqa mashinalarni haydashni ham osonlik bilan oʻrganadi. Bunday holat M.ning koʻchishi deyiladi. Baʼzi hollarda esa mavjud M. boshqa M.lar hosil boʻlishiga xalaqit beradi. Bu M.ning interferensiyasi deyiladi. Uzoq mashq qilmaslik va organizmning normal boʻlmagan holatlari (Kasallik, qattiq charchash, hayajonlanish va boshqalar)da M. yoʻqolishi mumkin. Bu sabablar bartaraf etilishi bilan M. yana tiklanadi; 2) M. Huquqda — ishni bajarish uchun qanday kasb qay saviyada egallaganligini koʻrsatuvchi daraja. Mehnat qonunchiligida ish M.si va ayrim xodimlar M.si degan turlarga boʻlinadi. Odatda, Xodimlarning M.siga qarab ularga biror tarif razryadi beriladi. Tarif razryadi xodimning muayyan ish turiga layoqatli ekanligini tasdiqlaydi. Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida tarif stavkalari va mansab maoshlarini belgilashda M. razryadi muhim ahamiyatga ega. Masalan, ishbay ishlovchi xodimlarning mehnatiga ish M.si boʻyicha, yaʼni shu ish uchun uning murakkabligini hisobga olib belgilangan baholar boʻyicha haq toʻlanadi. Ishbay ishlovchi xodim vaqtincha Ish beruvchil tashabbusi bilan pastroq razryadli ishni bajarsa, u Ish haqining avvalgi razryadi bilan bajarilgan ish razryadi oʻrtasidagi farqni olishga haqlidir (Oʻzbekiston Respublikasi MK 95—modda).

Xodimlar M.si maxsus M. Komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda xodimlarning muayyan bir ish turini bajarayotgandagi shaxsiy Bilimlari va mahorati asosida razryad, Kategoriya yoki Diplom beriladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.