Bilim
Bilim – kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birga mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi bilimi nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi.
Bilim kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. Bilimlarni tadqiq etuvchi taʼlimot – epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy – kundalik (sogʻlom aql) va ilmiy bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shu kabi sohalarga oid bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan bilimlar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) bilimlar deb atalsa, astrologiya va shu kabi sohalarga oid bilimlar ezoterik (pinhoniy) bilimlar deyiladi. Ekzoterik bilimlar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik bilimlar bunday qoidalarga zid kelishi mumkin.
Manbalar
| Vikiiqtibosda Bilimga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.