Kasbitepa
Kasbitepa, Kasba, Kasbi — qadimgi Nasaf viloyatiga mansub shahar harobasi (mil. 1–2–XIII asrboshi). Qarshidan 35 km jan.-gʻarbda joylashgan. Kasbitepaning eng quyi arxeologik qatlamlari milodning boshlariga oid. Hududi taxminan 2 ga boʻlgan. 589-yil sosoniylar sarkardasi Bahrom Choʻbin turkiy qavmlar ustidan zafar qozonib Kasbitepa qalʼasini egallagan. Sosoniylarning Sugd bilan chegaradosh yerida qurilgan Kazbion qalʼasi arman manbalarida (V asr) qayd etilgan. Mixail Magassonning fikricha, bu qalʼa Kasbitepa arki oʻrnida joylashgan. Arkning bal. 18 m, maydon 180x120 m ni tashkil qilgan. Uning atrofi devor bilan oʻralgan. Jan.sharq tomon choʻzilgan rabodning uz. 1 km.
Ilk oʻrta asr qalʼasi va qishlogʻi oʻrnida 10–XII asrlarda Kasbitepa shahri rivojlangan. X asrda Kasbitepa shahri manbalarga koʻra, hatto Nasafdan ham ulkan boʻlgan. Shaharning jome masjidi, bozorlari boʻlib, hunarmandchilik, shahar atrofida dehqonchilik taraqqiy etgan. Kasbitepa Buxoro Nasaf-Termiz karvon yoʻlida joylashganligi tufayli yirik savdo markaziga aylangan. Moʻgʻullar istilosi (XIII asr boshi) natijasida vayron boʻlgan. XVII asrda Kasbitepada kad. "sayyidlar" xonadoni yashagan. Kasbitepa oʻrnida keyinchalik Kasbitepa qishlogʻi vujudga kelgan. Kasbitepada Sulton Mir Haydar nomi bilan mashhur maqbaralarning katta majmuasi (XI—XII asrlar) saqlangan.
Adabiyot
- L unina SB., Goroda Yujnogo Sogda v VIII–XII vv., T., 1984; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.[1]
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.