Jigʻa

Jigʻabosh kiyim (salla, doʻppi, toj) ustiga oʻrnatiladigan bezak, taqinchoq. Tuzilishi qirgʻoqlari oʻzaro jipslashtirilgan ikki palla yupqa kumushdan iborat boʻlib, yuqori qismida tovus, ukki patlari oʻrnatish uchun naychasi boʻlgan, sirtiga bosma naqshlar ishlanib, tilla suvi yugurtirilgan, marvarid, feruza va b. tosh va rangdor shishalar qadab bezatilgan. J. qadimiy boʻlib, yozma manbalarda u haqda maʼlumotlar, miniatyuralarda tasvirlari saqlangan. Qadimdan toʻy va tantanalarda, baʼzan "koʻz tegish"dan saqlanish niyatida ham tikilgan. Shox, shahzoda, bekzodalar taqqan yakka qadaluvchi J., asosan ayollar doʻppisining ikki chakkasiga qadaladigan qoʻshjigʻa (Xorazmda koʻproq uchraydi), bolalar bosh kiyimiga "yomon koʻzdan asrash" niyatida qadaladigan qatorjigʻa kabi turlari bor. Toshkentda, shuningdek, nikoh toʻyida kuyovlar (qizning otasi sovFa qilgan J.ni taqib, ularga koʻrinish bergan), bolalarning sunnat toʻyida ularning bosh kiyimlariga J. taqilgan.

Shuningdek, ot, tuya va b.ga taqiladigan J.lar ham boʻlgan, ular, odatda, hayvonlar noʻxtasiga qadalgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.