Dur
Dur, inju (xitoy tilidan) — 1) mollyuskalarning mantiya terisida sharsimon yoki notoʻgʻri shaklda paydo boʻladigan mahsulot. Durning tarkibi chigʻanoqlar tarkibidan farq qilmaydi va asosan kalsitdan iborat. Juda oz miqdorda suv, organik va boshqa moddalar boʻladi. Eng yirik va yuqori sifatli durlar iliq suvli okeanlarda hamda chuchuk suv hdvzalarida yashaydigan Pteria va Margaritana deb ataladigan ikki tavaqali mollyuskalarda topilgan.
Durga har xil ranglari bilan jilolanib turadigan konsentrik tuzilishdagi marvarid qatlamlari xos boʻladi. Tabiatda pushti rang yoki sargʻish oq, baʼzan qora rangdagi, kaptar tuxumidek keladigan dur eng qimmatbaho hisoblanadi. Dur Bahrayn orollari, Qizil dengiz, Yaponiya, Shrilanka, Avstraliya qirgʻoqlari yaqinida va boshqa joylarda yashovchi mollyuskalardan olinadi. Rossiyaning Murmansk viloyati, Uzoq Sharq, Xitoy, Shimoliy Amerika atroflaridagi dengizlarda ham dur bor. Durning tabiiy zahiralari ozayib ketganligi sababli XX asr boshlaridan sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirilmoqda (maxsus havzalar va oqib yuruvchi katta idishlarda koʻpaytiriladi. Buning uchun yosh chigʻanoqlarning mantiya terisi sirtiga mayda sharsimon qum zarralarini joylashtirib, taxminan 10 yil davomida boqib yiriklashtiriladi). Bu usul hozir Yaponiya va Xitoyda keng qoʻllanadi; 2) zeb-ziynat buyumi. Durning yirik va mayda (marvarid) donalari taqinchoqlar (tillaqosh, isirgʻa, uzuk, toʻgʻnogʻich va boshqalar)ni bezashda ishlatiladi. Shuningdek, saralab olingan yirik durlardan ipga tizib tayyorlangani (munchoq) boʻyinga taqiladi. Dur qadimdan zargarlikda keng foydalanilgan, qimmatbaho metallar (oltin, kumush va boshqalar)dan tayyorlangan buyumlarga qimmatbaho toshlar bilan birga qadalgan.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.