Ism

Ism (arabcha: إسم‎), ot — bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan shaxsiy nom.

Kelib chiqishi

Ism arabcha (إسم‎) soʻz boʻlib, „nom, kishi oti“ degan maʼnolarni anglatadi[1]. Ism shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa ismni ota-onasi, qarindosh-urugʻ, oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday ism qoʻyilishi estetik va etik tamoyillar, Ism tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyoqarashlari, milliy xu-susiyat va b. bilan bogʻlangandir. Ism qoʻyishda dinning taʼsiri, ayniqsa, kuchli boʻldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi paygʻambarlarning Ismlari jahondagi koʻpgina xalqlarda ommaviy Ismlar boʻlib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbeklarda bu din tushunchalari bilan bogʻliq Ismlarning koʻpayishiga olib keldi. Xalqimiz Qurʼoni karimda tilga olingan Allohning goʻzal ismlarini (qarang: al-Asmo al-Husno), Muhammadning nomlarini oʻz farzandlariga qoʻyishni rasm qildi. Xullas, har bir Ism muayyan sabab bilan paydo boʻlib, oʻzining tarixi, geografik tarqalishi, hududi va mazmuniga ega. Qadim-qadimdan Ism qoʻyishning turli rasm-rusm, udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning sogʻ boʻlishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qoʻyiladigan Ism bilan bogʻliq boʻladi, deb hisoblangan. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan Ism uning taqdiri, hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi, Ism odamning ruhiyatini oʻzida mujassam qiladi, kishi oʻz ismiga oʻxshay-di, deb ishonishgan. Musulmon oilalarida bolaga ism qoʻyish bilan bogʻliq alohida marosim oʻtkazib kelinadi (qarang: Aqiqa).

Ismga eʼtibor chaqaloqqa ism tanlashdan va uni tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (metrka)ga yozishdan boshlanadi. Mualliflik huquqiga, oila huquqida merosxoʻrni belgilash va sh. k.dagi bir qancha huquqiy munosabatlar ism bilan bogʻlangandir. Oʻzbekiston Respublikasining Oila Kodeksi bolaning ism olish huquqini belgilaydi (69-modda). Bu huquq bolaning shaxsiy huquqi doirasiga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan, bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan qoʻyiladi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari buni hisobga olishga majbur. Bolaga Ism qoʻyishda ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, mazkur nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan bola, shuningdek, uning ota-onasi manfaatlarini eʼtiborga olib hal etiladi. Bola Ismini oʻzgartirish tartibi Oila Kodeksida belgilab berilgan (70-modda). Unga koʻra, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, bola 16 yoshga toʻlguncha bola manfaatlarini eʼtiborga olib, uning ismini oʻzgartirishga hakli. 10 yoshga toʻlgan bolaning ismini oʻzgartirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Tilshunoslikda kishilar I.larini oʻrganadigan alohida soha antroponimika deb ataladi. I.ni til fakti sifatida onomastika oʻrganadi.

Manbalar

  1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 2-jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 1036-bet. ISBN 978-9943-8834-5-1. 

Adabiyotlar

  • Begmatov E., Oʻzbek ismlari maʼnosi, T., 1998; Gʻafurov O., Asmaulhusna yoxud tabarruk ismlar, 1—2-qism, T., 1998.

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.