Aqiqa

Aqiqa (arab.- „chaqaloq sochini olish, qurbonlik soʻyish“) — musul-mon oilalarida yangi tugʻilgan bolaga ism qoʻyish va „qorin sochi“ (bolaning tugʻilgandagi sochi)ga qaychi urish bilan bogʻliq odat. Johiliyat davridagi turli maʼbud va maʼbudalarga atab qilinadigan kurbonliklar oʻrniga musulmon oilasida farzand tugʻilganligining shukronasi sifatida bir qoʻy soʻyib (imkoniyatga karab) A. marosimini oʻtkazishlik joriy etilgan. Islom anʼanasida Aqiqani chaqaloq tugʻilgan kunning 7 yoki 14, yoxud 21 kunlari oʻtkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda Aqiqa oʻtkazilmay qolinsa, soʻng qaysi kun-da, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanaveradi[1].

Aqiqa qurboni farzand tugʻilgandan boshlab voyaga etguncha qilinishi mumkin, faqat ettinchi kuni qurbonlik soʻyilishi koʻproq fazilatlidir. Farzand tugʻilgach ettinchi kuni unga ism qoʻyiladi va sochini olib, chiqqan sochi ogʻirligida oltin yoki kumush sadaqa qilinadi. Aqiqa qurbonligi uchun bir qoʻy soʻyilishi etarlidir. Oʻgʻil farzand uchun ikkita qoʻy soʻyilishi kerak degan qarashlar ham mavjud.

„Rasuli Akram sallallohu alayhi vasallam bizlarga oʻgʻil farzand uchun ikkita, qiz farzand uchun bir qoʻyni aqiqa sifatida qurbon qilishimizni buyurdilar“ Ibn Moja, 3163-hadis.

Yana hazrati Oisha roziallohu anhumadan qilingan rivoyatga koʻra Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam nabiralari Hasan va Husanlar (r.a) tugʻilgach ettinchi kuni aqiqa qurbonligi soʻydirib, ularga ism qoʻyganlar. (Tajridi Sarih tarjimasi, XI, 401)

Islomdan avval johiliya davrida arab jamiyatida faqat oʻgʻil farzandlar uchun qurbonlik soʻyilar, qizlar uchun bunday marosim umuman oʻtkazilmas edi. Islom bunga chek qoʻyib, qiz farzandlar uchun ham eʼtibor berilishini taʼminladi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

http://uzislam.com (Wayback Machine saytida 2017-01-31 sanasida arxivlangan)



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.