Guerrilla Cambridge
Tarixi
Guerrilla Cambridge (sobiq SCE Cambridge Studio) SCE Worldwide Studios tarkibiga kiradi va 1997-yil iyul oyida yaratilgan. Studiya, asosan, PlayStation va PlayStation Portable uchun MediEvil seriyali oʻyinlari bilan mashhur. 2013-yil 10-yanvarda Sony Computer Entertainment PlayStation Vita uchun Killzone: Mercenary qilish maqsadida Guerrilla Games bilan ishlash uchun studiyani qayta tuzdi. Sony Computer Entertainment SCE Cambridge Studio nomini Guerrilla Cambridge deb oʻzgartirdi va endi Guerrilla Games shoʻba korxonasi hisoblanadi.
2017-yil 12-yanvarda Sony Guerrilla Kembrij studiyasi yopilganini eʼlon qildi. Xodimlar boshqa studiyalarga yoʻnaltiriladi[1].
Qisqartirishlar
2014-yil boshida Guerrilla Cambridge ish oʻrinlarini qisqartira boshladi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, bu qisqartirish doimiy oʻzgarib turadigan bozor sharoitlariga javob boʻlib, raqobatbardoshlikni saqlab qolish, yuqori sifatli, innovatsion va tijorat nuqtai nazaridan foydali loyihalarni yaratish uchun noilojlikdan koʻrilgan chora hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan oʻyinlar roʻyxati
- MediEvil (PS, 1998)
- MediEvil 2 (PS, 2000)
- C-12: Final Resistance (PS, 2001)
- Primal (PS2, 2003)
- Ghosthunter (PS2, 2004)
- MediEvil: Tirilish (PSP, 2005)
- 24: Oʻyin (PS2, 2006)
- PlayTV (PS3, 2008)
- LittleBigPlanet (PSP, 2009)
- TV Superstars (PS3, 2010)
- Killzone: Mercenary (PSVita, 2013)
- RIGS: Mechanized Combat League (PS4, 2016)
Manbalar
- ↑ „Sony закрывает студию Guerrilla Cambridge“. Playground (2017-yil 12-yanvar). 2017-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-yanvar.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.