Goʻksuv
Goʻksuv, Goʻksur — Turkmanistonning jan.-sharqiy qismida joylashadi qad. deqqonchilik vohasi. Goʻksuvda V.M.Masson boshchiligidagi Leningrad va Ashxobod arxeologik ekspeditsiyalari qazish ishlari olib borib (1955—60). Anov madaniyashita doir 10 dan ortiq qad. qishloq vayronalari (tepalari)ni oʻrgandi. Vohada eneolit davrining oʻtroq qabilalari yashagan. Goʻksuvdan koʻp xonali uylarning qoldiqlari, turli xil roʻzgʻor buyumlari va mehnat qurollari topildi. Xonalar, asosan, toʻrtburchak, baʼzan esa aylana shaqlida qurilib, devorlari xom gʻishtdan ishlangan va somonli loy bilan suvalgan. Uy ichida moʻrili oʻchoqlar, sandal oʻrinlari bor. Qad. Goʻksuvliklar rang-barang naqshli sopol idishlar, mis pichoqlar, oʻroQ, qadamalari, tosh paykonlar, yorgʻuchoq va oʻgʻirlar yasashga mohir boʻlgan. Xoʻjalikda ibtidoiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik muhim rol oʻynagan. Mozorlar gʻishtdan ishlangan maxsus oilaviy sagʻanalardan iborat. Sagʻanadagi mayyitlar gʻujanak qolda yon tomoni bilan yotqizilgan boʻlib, yoniga jimjimador naqshli xilma-xil rang-barang sopol idishlar qoʻyilgan. Goʻksuvdan ayollarning koʻplab terrakota haykalchalari topilgan. Goʻksuv madaniyati Dashlijin, Yalangʻoch va Goʻksuv bosqichlariga boʻlinib, ularning sanasi Anov I, II va III bosqichlariga toʻgʻri keladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.