Genotip

Genotip (gen va yun. typos — iz, shakl) — muayyan organizm xromosomalari va sitoplazmasidagi barcha genlar majmui. „genotip“ terminini fanga daniyalik biolog V. Yogansen kiritgan (1909). G keng maʼnoda organizm xromosomalaridagi, shuningdek xromosomalardan tashqari (sitoplazma va plastida)dagi genlarni ham qamraydi. Genotip oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan genlarning yagona sistemasi hisoblanadi. Undagi har bir genning funksional faoliyati genetik muhitga bogʻliq. genotip organizm muhiti bilan oʻzaro taʼsirga kirishib, belgining fenotipik namoyon boʻlishini taʼminlaydi. Mas, gʻoʻzaning antotsian rangini Rp — gr geni (ingliz. Red plant — qizil rangli oʻsimlik) nazorat qiladi (qarang Antotsianlar). Bu belgining fenotipik namoyon boʻlishiga gendan tashqari tashqi muhit omillari, jumladan quyosh nuri ham taʼsir koʻrsatadi. Yoritilganlik darajasiga qarab bir xil genotipli (Rp Rp) oʻsimliklarda belgining fenotipik namoyon boʻlish darajasi turlicha boʻlishi mumkin. Demak, genotip organizm reaksiya normalari irsiylanishini belgilaydi. Genotip tor maʼnoda faqatgina organizmdagi maʼlum bir belgi rivojlanishini nazorat qiluvchi genlar guruhini yoxud ayrim genlarni bildiradi. Mas, gʻoʻzada genotip simpodiya tiplari boʻyicha SS, Ss (cheklanmagan), ss (cheklangan); barg shakli boʻyicha — 0101 (kertikli), 01 ol (oraliq shaklda), ol o! (chetlari tekis oddiy shaklda) koʻrinishida belgilanadi. Har ikki belgi boʻyicha esa genotip — SS0101, ss ol ol, ss 0101 va b. shakllarda ifodalanadi.

Sharifjon Turabekov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.