Fenotip
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Fenotip — organizmning barcha tashqi belgilari va xossalari yigʻindisi. Fenotip genotip va tashqi muhit sharoitlarining oʻzaro taʼsiri natijasida yuzaga chiqadi. "fenotip" terminini Daniya genetigi V. Iogansen taklif etgan (1903). Fenotipda barcha genotipik imkoniyatlar roʻyobga chiqavermaydi, chunki bu jarayon muayyan sharoitda genotip namoyon boʻlishining xususiy bir holati hisoblandi. Shu sababdan hatto bir tuxumdan rivojlangan, genotipi bir xil boʻlgan egizaklar har xil sharoitda oʻsganida ularda sezilarli fenotipik farklarni kuzatish mumkin. Mikroevolyutsiya jarayonida tabiiy tanlanish individlarning fenotipi boʻyicha boradi. Shuning uchun populyatsiyalar ichida chegarasi genotip tomonidan belgilab beriladigan, keng reaksiya normasiga ega boʻlgan individlar, yoxud qatʼiy genotip bilan belgilanadigan, kerakli fenotipga ega boʻlgan individlar tanlanadi. Genotipik oʻzgaruvchanlik kuzatilmagan hollarda fenotip boʻyicha tanlash natija bermaydi. Bunga V. Iogansenning sof liniyalarda oʻtkazgan tanlash tajribasi yaqqol misol boʻladi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.