Flyuorit
Flyuorit (lot. fluor — oqim), plavik shpati — ftoridlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi SaGʻ2;, baʼzan Sa, oz miqdorda Y ( i t troflyuorit), noyob yer elementlari (TR), Sr, Mn, Na, U bilan almashadi. F. kub singoniyada kristallanib, F.li struktura hosil qiladi. Kristallari kub va oktaedr shaklida, agregatlari yaxlit, yirik kristalli, donador, tuproqsimon (ratovkit). Rangsiz, pushti, yashil, sariq, havo rang, gunafsha rang xillari bor. F. qizdirilganda rangi yoʻqoladi va rentgen nurlari taʼsirida yana boʻyalib qoladi. Shishadek yaltiraydi, moʻrt. Qattikligi 4; zichligi 3,1 — 3,2 g/sm3, ittiroflyuoritniki 3,3 g/sm3 gacha; erish trasi 1360°. F. har xil sharoitda keng tarqalgan magmatik aksessor mineral boʻlib, pegmatit, greyzen, skarn, ikkilamchi kvarsitlar va choʻkindi jinslarda hosil boʻladi. Uning asosiy qismi gidrotermal jarayonda boʻshliklar va tomirlarni toʻldirgan holda metall rudasi hisoblangan minerallarga yoʻldosh sifatida uchraydi. Genetik mineralogiyaning muhim tipomorf minerali. F. metallurgiyada flyus sifatida ishlatiladi; kimyo sanoatida undan plavik kislota, kriolit olinadi; keramikada emal, glazur (sir) tayyorlanadi. F. sintetik kristallarni oʻstirish uchun xom ashyo hisoblanadi. Tiniq, shaffof, rangsiz yoki nim rang kristallaridan linza, obyektiv, teleskoplar, vakuum va rentgen spektrograflari uchun prizmalar tayyorlanadi. TR va U bilan faollashtirilgan F. lazer materialidir. Konlari RF (Primorye oʻlkasi, Baykalorti), Qozogʻiston, AQSH, Meksika, Fransiyada mavjud. F. konlari Oʻzbekistonda ChatqrlQurama regionida joylashgan: AgataChibargata, Navgiskon, Obirahmat, Kengutan, Qizilbaur va Navgarzonda qazib olingan; Suppatosh va Shabrez oʻzlashtirishga tayyorlangan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.