Charm

Charm — hayvon terisining derma qismi bo'lib, uning tolali strukturasi fizikaviy, fiziko-mexanikaviy va kimyoviy tarzda maqsadga muvofiq o'zgartirilgan bo'ladi. Tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy Charm hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va boshqa hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, attorlik uchun moʻljallangan xillarga ajratiladi. Xom ashyo turi, oshlash, pardozlash, tashqi koʻrinishi, qalinligiga qarab ham xillarga boʻlinadi. Sunʼiy charm polimer xom ashyo materiallardan tayyorlanadi. Sunʼiy Charm tolalardan toʻqilgan yoki notoʻqima matolar sirtiga yumshoq plyonka hosil qiluvchi moddalar (kauchuk, lateks, polivinilxlorid va boshqalar) qoplash natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy Charm poyabzal, kiyimkechak, attorlik hamda texnika buyumlari tayyorlash va boshqa ehtiyojlar uchun tabiiy 🧿 oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi (qarang Koʻn, Koʻnpoyabzal sanoati, Koʻnchilik).




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.