Lateks
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lateks (lotincha: latex — suyuqlik, shira) — oʻsimliklarning sut-shirasi. Sut naylaridagi suyuqlik. Tiniq, sutsimon oq, sargʻish-qoʻngʻir, sariq yoki toʻq sariq boʻlishi mumkin. Murakkabguldoshlar, tutdoshlar, sutlamadoshlar va boshqalarda lateks kup. Lateksda uglevodlar, oqsillar, glikozidlar, tuzlar, efir moylari va boshqa moddalar erigan yoki suspenziyalangan holda boʻladi. Smolalar, gutta, kauchuk, guttaperchali daraxtlar, kauchukli oʻsimliklar lateksining asosiy komponentlaridir. Lateksning tarkibi daraxt yoshi, iqlim sharoiti va yil fasliga bogʻliq. Lateksda kauchuk manfiy zaryadlangan sharsimon, baʼzan noksimon donalar (globulalar) shaklida boʻladi. Ularning kattaligi 0,1—6 mk. Yangi olingan lateks ishqoriy xususiyatga ega; turib qolsa yoki unga kislota va tuzlar qoʻshilsa, koagulyasiyalanadi. Buning oldini olish uchun lateksga 0,50—0,75% ammiak qoʻshiladi. Tarkibidagi kauchuk miqdorini oshirish uchun lateks sentrifugalanib, quyultiriladi. Shunda kauchuk miqdori 60—75% ga yetadi. Sintetik lateks sunʼiy kauchuk dispersiyasi (qismi)ning suvda emulsion polimerlanishidan hosil boʻladi. Sintetik lateksda ham kauchuk globulalar shaklida, lekin ular 0,1 mk dan kichik boʻladi. Tabiiy lateksdan tabiiy kauchuk, sintetik lateksdan sintetik kauchuk olinadi (yana qarang: Kauchuk)[1].
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.