Bushehr
Bushehr بوشهر | |
|---|---|
| Shahar | |
| 28°55′35″N 50°51′05″E / 28.92639°N 50.85139°E | |
| Mamlakat | Eron |
| uston | Bushehr |
| shahriston | Bushehr |
| baxsh | Markaziy tuman |
| Hukumat | |
| • Hokim | Husayn Haydariy |
| Markazi balandligi | 18 m |
| Rasmiy til(lar)i | fors tili |
| Aholisi (2016) |
223 504[1] |
| Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
| Telefon kodi | +98 |
Bushehr (forscha: بوشهر)[a] Eronning Bushahr ustoni Markaziy tumanidagi port shahar. Ham uston, ham shahriston, ham tuman markazi vazifasini bajaradi[3].
2006-yilgi Milliy aholini roʻyxatga olish vaqtida shahar aholisi 25 158 xonadonda yashovchi 161 674 kishini tashkil qilgan[4]. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda 52 204 ta xonadondan iborat 195 222 kishi bor edi[5]. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida 63 820 ta xonadonga boʻlingan 223 504 kishi istiqomat qilgan[1].
Etimologiyasi
„Bushehr“ nomining kelib chiqishi noaniq. Mashhur boʻlib qolayotgan nazariyaga koʻra, uning nomi Abū Šahrdan („shahar otasi“) kelib chiqqan. Bu nom Boxt-Ardashir („Ardashir bergan“) soʻzining qisqartmasi boʻlishi mumkin, ammo bu hech qanday ishonchli dalillar bilan tasdiqlamagan[6][7]. 1827-yilda yozilgan Sketches of Persia asarida u Abusheher nomi bilan tilga olinadi va u oʻtmishda Abū Šahr boʻlgan degan nazariyani qoʻllab-quvvatlaydi.
Tarixi
Kelib chiqishi
Bushehrga oid bir qancha daʼvolar, jumladan, birinchi marta 1225-yilda arab geografi tomonidan zamonaviy Reyshahrdan 10 km janubda joylashgan bandargohni Bushehr oʻrni ekanligi haqidagi daʼvolar munozaralarga sabab boʻlgan. Chunki arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Bushehr ancha qadimiy manziloh sanaladi[6]. Reyshahr qadimgi Mesabriya shahri oʻrnida qurilgan deb ishoniladi, bu joyni yunonlar Nearx (miloddan avvalgi 300-yilda vafot etgan) yurishidan beri bilishgan. Mesabriya ham vaqti-vaqti bilan Bushehr oʻrnida boʻlgan degan fikrlar bor[7].
U yerda birinchi marta 19-asr boshlarida toʻgʻridan-toʻgʻri Eron nazorati oʻrnatildi[6].
Oʻsishi
1734-yilda eronlik harbiy qoʻmondon Nodir Bushehrni (oʻshanda hali ham kichik baliqchilik qishlogʻi edi) oʻzi yaratmoqchi boʻlgan Fors koʻrfazi flotining bosh qarorgohiga aylantirdi[6][7]. Bu Bushehrning ortib borayotgan ahamiyati boshlanishi sifatida belgilanadi. Katta harbiy kema qurish uchun Nodir hatto Bushehrdan 1000 km uzoqlikdagi Mozandaron oʻrmonlaridan ogʻir yogʻoch olib keldi. Ushbu kemaning qobigʻi keyingi 50 yil davomida yevropalik sayohatchilarning eʼtiborini tortdi. Nodirning dengizdagi intilishlari 1747-yilda oʻldirilganida tugadi, ammo Bushehr kamida keyingi 150 yil davomida mashhur port sifatida xizmat qilishda davom etdi. 1737—1753-yillarda Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi u yerda savdo obyektini boshqargan[6].
Bushehrning strategik ahamiyati Sherozdan 300 km va Usmonli boshqaruvidagi Basradan 600 km uzoqlikda joylashganidan tashqari, bu joy bir qancha afzalliklar va koʻplab kamchiliklarga ega. Shaharcha va atrofidagi hududi ichki qismning tepalikli yerlari va tor daralar bilan biroz himoyalangan, ammo baribir qaroqchilar hujumiga qarshi himoyasiz ekanligi bilan ifodalanadi. 19-asrda Yevropa kemalari qirgʻoqqa ham, koʻrfazga ham sayoz yoʻl boʻlgani uchun dengizdan taxminan toʻrt kilometr uzoqlikda toʻxtab, yuk va yoʻlovchilarni kichik qayiqlar orqali tashishga majbur boʻlgan. Uylar tepasida shamol tutuvchi koʻp boʻlishiga qaramay, quduqlardagi suv shoʻr, yozning issigʻi va namligiga chidab boʻlmas edi[6].
Eronning asosiy savdo porti
Bushehr tez orada Bandar-Abbos oʻrniga mamlakatning asosiy savdo portiga aylandi. Bunga Eronning siyosiy va iqtisodiy markazining Gʻarbiy Eronda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan Zand hukmdori Karimxon Zand (hukmronlik yillari 1751-1779) boshchiligida Sherozga koʻchirilishi sabab boʻlgan[6][7].

Aholisi
Shaharning lingvistik tarkibi quyidagicha[8]:
| Bushehrning lingvistik tarkibi | ||||
|---|---|---|---|---|
| language | percent | |||
| Aralash | 50% | |||
| Bushehriy | 25% | |||
| Tehron forschasi | 15% | |||
| Arab tili | 9.95% | |||
| Koroshi balujchasi | 0.05% | |||
Iqlimi
Bushehr issiq yarim qurgʻoqchil iqlimga ega (Köppen: BSh), yogʻingarchilik shakli Oʻrta yer dengizi iqlimiga oʻxshaydi, ikkalasi ham juda issiq va juda uzoq caqt quruq boʻlsa ham, Oʻrta yer dengizi iqlimida zarur boʻlgan yogʻingarchilik ancha yuqori boʻladi.
Bushehr AES
Shahardan oʻn ikki kilometr uzoqlikda Rossiya bilan hamkorlikda qurilgan atom elektr stansiyasi joylashgan. Ishni dastlab Siemens AG kompaniyasining Bonndan roʻyxatdan oʻtgan boʻlinmasi Kraftwerk Union A. G. Boshlagan. Ikkita yadro reaktori qurish boʻyicha nemislar bilan imzolangan qiymati 4 dan 6 milliard dollargacha boʻlgan shartnoma 1975-yilda imzolangan.
Ishlar 1979-yil yanvarda toʻxtatilgan va oʻsha yilning iyulida bitta reaktorning 50% qismini, ikkinchisining 85% qismini yakunlagan Kraftwerk Union loyihadan butunlay voz kechgan. Ular oʻz harakatlarini Eronning muddati oʻtgan 450 million dollarlik toʻlovni toʻlamagani bilan asoslaganliklarini aytishdi. Kompaniya umumiy shartnomaning 2,5 milliard dollarini olgan edi. Ularning bekor qilinishi 1979-yilgi Eron inqilobidan keyin sodir boʻldi. Keyinchalik Eron Siemensdan qurilishni tugatishni talab qildi, ammo Siemens rad javobini berdi. Koʻp oʻtmay, Iroq Eronga bostirib kirdi va yadroviy dastur urush oxirigacha toʻxtatildi. Reaktorlar 1984-yil martidan 1988-yilgacha Iroqning koʻplab havo hujumlari natijasida shikastlangan[9].
1995-yilda Rossiya stansiya uchun yengil suv reaktorini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi (shartnoma qiymati 700 million dollardan 1,2 milliard dollargacha boʻlgan deb ishoniladi). Shartnomada ishlatilgan yoqilgʻi chiqindilarini qayta ishlash uchun Rossiyaga qaytarib yuborish koʻzda tutilgan. Zavod 2011-yil 3-sentyabrda elektr energiyasini milliy tarmoqqa ulanishni boshladi[10] va 2011-yil 12-sentyabrda rasmiy ravishda tantanali ochilishi oʻtkazildi[manba kerak].
| Vikiomborda „Bushehr“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Vikisayohatda uchun sayohat qoʻllanmasi mavjud [[Vikisayohat:Bushehr#raw|Bushehr]]. |
Eslatmalar
- ↑ Būshehr, Bouchehr, Buschir, Busehr va Bushire shaklida ham romanizatsiya qilinadi; Bandar Bushehr va Bandar-e-Bushehr (بندر بوشهر) nomlari bilan ham mashhur, Bandar Būshehr va Bandar-e Būshehr shaklida romanizatsiya qilinadi; Abuschehr, Abu Shehr va Bandar Abu Shehr nomlari bilan ham tanilgan)[2]
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 „Census of the Islamic Republic of Iran, 1395 (2016)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
- ↑ Bushehr can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3057164" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
- ↑ Habibi, Hassan „Approval of the organization and chain of citizenship of elements and units of country divisions of Bushehr province centered on Bushehr city“ (fa). Lamtakam. Ministry of Interior, Political Defense Commission of the Government Board (1369-yil 7-iyul). 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Census of the Islamic Republic of Iran, 1390 (2011)“ (fa) (Excel). Syracuse University. The Statistical Center of Iran. 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 Perry 2017.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 de Planhol 1990.
- ↑ „Language distribution: Bushehr Province“. Iran Atlas (2015). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ Pike, John „Bushehr - Iran Nuclear Reactor“. www.globalsecurity.org.
- ↑ „Iranian nuclear power station 'begins generating electricity'“. The Guardian. Reuters (2011-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 4-sentyabr.
Adabiyotlar
- Perry, John R. (2017). "Bushire". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3- nashri). Brill Online. ISSN 1873-9830. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-3/bushire-COM_24027.
- de Planhol, Xavier (1990). "Būšehr i. The City". Encyclopaedia Iranica. https://iranicaonline.org/articles/bushehr-01-city.
Havolalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.