Bittepa
Bittepa — gʻor shaklida oʻyib ishlangan qabriston (7—VIII asrlar). Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidatch adirda joylashgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan 1979-yilning yozida qazib oʻrganilgan. Qabrlar bir-biridan 4–6 m uzoqlikda boʻlib, yer sathidan 15–20 m balandlikda murabba (2,4x2,4 va 3,3x3,3 m), toʻgʻriburchak (1,8x4,9 m) va xoch shaklida qumtosh ichiga oʻyib ishlangan. Qabrlar ogʻzi katta hajmdagi gʻishtlar (52x26x10 sm) bilan berkitilgan boʻlib, murdalar qoʻyilgan joyga balandligi 1—1,2 m keladigan kamalaksimon yoʻlak orqali kirilgan. Yoʻlak devorlarida ham oʻyib ishlangan tokchalar bor. Har bir qabrdan 10 va 18 tagacha odam suyaklari chiqqan; ular atrofida xilma-xil munchoqlar, mis isirgʻalar, temir va misdan tayyorlangan kamar toʻqalari, oʻqyoy uchi, pichoklar, uzuklar topilgan. Eng noyob topilma qanot yoyib turgan holatda tasvirlangan ilohiy maʼbuda — taqinchoqdir. Qizil rangga boʻyalgan paxta va ipak matolar ham uchraydi. Topilgan 15 ta kumush va jez tanganing bir qismi sosoniy podshohlaridan Feruz (459—484), Xusrav I Anushirvon (531579) va Hurmuzd IV (590628)ga taalluqlidir. B. qabristonida birorta ham sopol idish uchramaydi, demak, bu davrda chagʻoniyonliklarda dunyoqarash va koʻmish urfodatlari oʻzgacha boʻlgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.