Betti Alver
| Betti Alver | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
23-noyabr 1906-yil Jõgeva, Livonia gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti |
19-iyun 1989-yil (82 yoshda) Tartu, Estoniya SSR, SSSR |
| Ijod qilgan tillari | eston tili |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Tartu universiteti |
| Mukofotlari |
Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi Estoniya SSR xalq yozuvchisi |
Betti Alver (toʻliq ismi Elisabet Alver, 1937-yildan Elisabet Talvik, 1956-yildan Elisabet Lepik, sovet pasportiga koʻra Elizabet Martinovna Alver, estoncha: Betti Alver; 1906-yil 23-noyabr, Jõgeva, Livonia gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 1989-yil 19-iyun, Tartu, Estoniya SSR, SSSR[1]) — estoniyalik shoira, yozuvchi, tarjimon. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi (1966). Estoniya SSR xalq yozuvchisi (1981).
Biografiyasi
Betti Alver 1906-yil 23-noyabrda Jõgeva shahrida tugʻilgan. 1924-yilda Tartu shahridagi oʻrta maktabni tugatgan va 1924—1927 yillarda Tartu universitetida eston tili va adabiyoti boʻyicha tahsil olgan[2]. 1927-yilda „Liivi Deevidiivi“ („Shamol mahbubasi“) romani nashr etiladi. Alverning birinchi sheʼrlar kitobi „Tolm ja tuli“ („Chang va olov“) esa 1936-yilda nashr etilgan. Aleksandr Pushkinning sheʼrlari va uning „Yevgeniy Onegin“ (1964) sheʼriy romani, Masknim Gorkiyning „Bolalik“ va „Mening universitetlarim“ sheʼrlari Betti Alver tomonidan eston tiliga tarjima qilingan. Shuningdek, Kristjan Jaak Petersonning nemis tilida yozilgan sheʼrlarini eston tiliga tarjima qilgan[3]. Betti Alverning sheʼrlari polyak, nemis, ingliz, chex, italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan. Alverning sheʼrlarini rus tiliga Yunna Morits tarjima qilgan. Betti Alver sharafiga uning tugʻilgan shahri Jõgevada „Yulduzli vaqt“ kuzgi sheʼriyat kunlari oʻtkaziladi. 2013-yilda Merkuriydagi krater uning sharafiga Alver deb nomlangan[1] . Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti laureati (1980). Yozma va onlayn ovoz berish natijalariga koʻra 1999-yilda tuzilgan XX asrdagi Estoniyaning 100 ta buyuk arboblari roʻyxatiga kiritilgan[4].
Betti Alver 1989-yil 19-iyunda Tartuda vafot etgan va Tartuning Vana-Jaani qabristoniga dafn qilingan[5].
Sheʼriy kitoblari
- Tolm ja tuli (1936);
- Tähetund (1966);
- Eluhelbed (1971);
- Lendav linn (1979);
- Korallid Emajões (1986).

Filateliyada tasvirlanishi
2006-yilda Estoniya pochtasi Betti Alverning 100 yilligini unga bagʻishlangan pochta markasini chiqarish orqali nishonlaydi.
Oilasi
Bett Alver shoir Heiti Talvik bilan turmush qurgan. 1956-yilda esa Mart Lepikga (adabiyotchi, Adabiyot muzeyining birinchi direktori, 1940—1945) turmushga chiqadi. Qarindoshlari Eduard Alver (Ozodlik urushi davrida Estoniya mudofaa ittfoqi „Kaitseliit“ qoʻmondoni) va Siim Kallas.
Manbalar
- ↑ Bédé, Jean Albert; Edgerton, William Benbow. Columbia dictionary of modern European literature By Jean Albert Bédé, William Benbow Edgerton, 1980. ISBN 9780231037174. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
- ↑ „Estonian Literary Magazine“. 2010-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
- ↑ Cummins, W.M.; Debeljak, A.; Haderlap, M.; Ihan, A.; Potokar, J.. Shifting Borders: East European Poetries of the Eighties, Foreign Policy; 9. Fairleigh Dickinson University Press, 1993 — 32–33-bet. ISBN 978-0-8386-3497-4.
- ↑ Sajandi sada Eesti suurkuju / Koostanud Tiit Kändler. — Tallinn: Eesti Entsüklopeediakirjastus, 2002. — 216 lk. ISBN 998570102X.
- ↑ „Betti Alveri (1906 - 1989) haud“ (et). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
Adabiyotlar
- Leetmaa E. Betti Alver — 100 // Pärnu Express, 2006-yil 27-oktyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.