Polyak tili

Polyak tili
Milliy nomi język polski
Mamlakatlar Polsha
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 40.000.000 (2007)
Turkumlanishi
Til oilasi

Hind-yevropa tillari

Slavyan tillari
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 pl
ISO 639-2 pol
ISO 639-3 pol

Polyak tili (polyakcha: język polski, polszczyzna) — hind-yevropa tillari oilasining gʻarbiy slavyan tillari guruhidagi til; Polsha Respublikasining rasmiy tili. Polsha, AQSH, Braziliya, Fransiya, Kanada hamda baʼzi MDH mamlakatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 45 million kishidan ortiq. Polyak tili katta polyak, kichik polyak, mazovets, sileziya, kashuba lahjalariga boʻlinadi. Fonetik belgilari: urgʻu odatda soʻzlarning oxiridan ikkinchi boʻgʻinga tushadi; urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi; unlilarda choʻziqlik-qisqalik oppozitsiyasining yoʻqligi; undoshlarning qattiqlik, yumshoqlik oppozitsiyasiga egaligi. Morfologik belgilari: sifat va sifatdoshlarning qisqargan predikativ shakllari yoʻqligi; son soʻz turkumining alohida turlanishga egaligi; uchta jins shaklining mavjudligi.

Adabiy til katta polyak, kichik polyak, mazovets shevalari asosida shakllanmoqda. Adabiy tilning eng maqbul davrlashtirilishi: qadimgi polyak tili — 1500-yilgacha; oʻrta polyak tili — XVI asrdan XVIII asrning 2yarmigacha; yangi polyak tili — XVIII asrning 2yarmidan hozirgacha. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Unda polyak tiligagina xos boʻlgan baʼzi tovushlar diakritik belgili harflar bilan ifodalanadi[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.