Berdaq

Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Berdaq | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 1827 |
| Vafoti | 1900 |
Berdaq (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli) (1827—Moʻynoq tumani—1900)—shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, soʻng madrasada tahsil koʻrgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxoʻja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan oʻrgangan. U tarixni va xalq ogzaki ijodini yaxshi bilgan. Berdaqning lirik sheʼrlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18— XIX asrlardagi ijtimoiy hayoti oʻz ifodasini topgan. U oʻz davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Berdaqning ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir („Boʻlgan emas“, „Soliq“, „Bu yil“, „Umrim“ va boshqalar). Shoir haqiqat uchun, mehnatkash ommaning baxti va kelajagi uchuy fidokor kurashchilarni orzu qiladi („Xalq uchun“, „Menga kerak“ va boshqalar). Tarixiy mavzudagi „Avlodlar“, „Omongeldi“, „Azadosbiy“, „Ernazarbiy“ asarlarida shoir xalq qahramonlarini faxr bilan kuylaydi. Berdaqning „Avlodlar“ asari tarixiy voqealar solnomasi boʻlib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fiqolari bayon qilinadi. Berdaq baʼzi taʼmagir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi („Yaxshiroq“, „Shekilli“ va boshqalar), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni vatanni sevishga, maʼrifat choʻqqilarini egallashga chaqiradi („Oʻgʻlimga“, „Ahmoq boʻlma“ va boshqalar).
Sheʼriy mushohadalari va hayotga kurashlarida Berdaq mehnatkashlarning baxtiyor yashashini orzu qildi. Berdaq xalqni baxtli qilish haqida oʻylar ekan, Alloxdan madad soʻraydi („Yordam ber“), baxt haqida fikr yuritadi („Izladim“), odil podshoni orzu qiladi („Kerak“), baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi. Berdaq ijodi xalq ogʻzaki adabiyoti anʼanalariga yaqin turadi. Ijodining serqirraligi, asarlarining gʻoyaviy va badiiy yuksakligi bilan qoraqolpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeyni egallaydi. Uning koʻpgina asarlari oʻzbek va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlangan(1998). Toshkent shahridagi hiyobonlardan biriga "Berdaq" nomi berildi va byusti oʻrnatildi. Shoir tug‘ilgan joy — Boʻzatovda ham byusti oʻrnatilgan(1998). Nukus shahrida unga atab haykal qoʻyilgan, musiqali drama teatri, koʻcha va maktabga Berdaqning nomi berilgan.
Manbalar
- Tanglauli shigʻarmalari, Nokis. 1956; Tanlangan sheʼrlar, T., 1958; Sheʼrlar, T., 1976.
Ad:. Qurbonboyev B., Berdaq va oʻzbek adabiyoti, T., 1986.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.