Atonallik


\layout { \context { \PianoStaff \accidentalStyle dodecaphonic } }
\new PianoStaff <<
  \new Staff \fixed c' { r2 <a e' g' b'>2~ | 4 <a, dis gis>2. | \bar "|." }
  \new Staff { \clef bass gis,4 eis,2.~ | 1 }
>>
Arnold Schönbergning „Das Buch der hängenden Gärten“ asari Op. 15/1 ning yakunlanishi, tonal musiqaning garmonik va kontrapunkt cheklovlarisiz, tonal musiqada „gʻayrioddiy“ deb hisoblangan akkordni taqdim etadi.

Atonal musiqa yoki atonallik (yunoncha: „a“ – inkor qoʻshimchasi va „tonal“ – ton) musiqiy asarning aniq bir ohangda, yaʼni maʼlum bir ladda boʻlmasligidir[1][2]. Aniqrogʻi musiqaning lad asosini inkor etish bilan bogʻliq keng maʼnodagi atama.

Ilk bor avstriyalik skripkachi va kompozitor Rudolf Kolisch (1896–1978) tomonidan aynan skripkada noaniq ijroga nisbatan qoʻllangan. Musiqa sanʼatining ob’ektiv asoslarini, musiqiy hamohangliklar tabiatini va garmoniya qonunlarini inkor etadi. Tovushlarning ixtiyoriy birikmalari yoki muayyan kompozitsiya tizimlari (masalan, dodekafoniya qoidalari) bilan almashtiradi[3].

Atonallik yoʻnalishidagi musiqa, kishining tabiiy ovozda aytadigan qoʻshiqlari va musiqa sadolariga asoslanmasdan, turli balandlikdagi tartibsiz tovushlardan tuzilgan akkordlar hamda maʼnosiz bogʻlanishdagi tovushlar yigʻindisidan iborat (baʼzida matematik munosabatlar zaminida yuzaga kelgan) boʻladi[1][2].

1920–1930-yillarida avstriyalik Arnold Schönberg, Josef Matthias Hauer, A. Veberi, Berg Alban va Nikolai Roslavets (SSSR) kabi kompozitorlar ijodida atonallik dodekafoniya va seriya texnikasi kabi muayyan qoidalar asosida tartibga solingan. Shu tarzda koʻplab mamlakatlarga tarqalgan[1][2].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. 2,0 2,1 2,2 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. „Atonallik“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.

Havolalar




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.