Anglash
Anglash – farosat ilmining markazida yotadi. Anglash shaxsning muayyan sohada yuqori saviyadagi bilimdonligi, intellektual, hissiy va assotsiativ rivojlanganlik darajasi, tashqi olam va inson ruhiyati, moddiy holati hamda bu jarayonning oʻzgarish xususiyatlarini oʻta aniqlikda belgilay olish sanʼati hisoblanadi. Atoqli nemis mutafakkiri Gegel aytganidek, "Anglash biror-bir hodisa yoki voqelik mohiyatini chuqur tushunib yetishdir. Ayni vaqtda inson shu jarayonning ichida boʻlgani uchun oʻzining oʻrni, roli va kimligini ham anglab yetadi"[1]. Dunyo va odamlarni anglash masalasida eng birinchi mulohazani qadimgi yunon faylasufi Geraklit bergan. Uning fikriga koʻra, farosat hamma narsalarga, insonlardagi yashirin xususiyatlarga ham bogʻliqdir[2]. Anglash omilida insonning oʻzini oʻzi toʻgʻri baholashi va chuqur tushunishi bilan bogʻliq omil ham muhim oʻrin tutadi. Taniqli psixolog Abraxam Maslouning fikriga koʻra, "Kishining dunyo bila bogʻliq muammolari uning oʻz ichki olamiga taalluqli boʻlgan qiyinchiliklarning aksidir". Demak, insonning dunyo bilan yaxshi munosabati uning oʻz ichki olami bilan murosada, ahil yashay olishining ifodasi sanaladi. Maslou oʻz fikrini tasdiqlash uchun bu borada nemis olimi Fridrix Nitshedan iqtibos keltirib oʻtgan:"Odam anglash imkoniga ega boʻlishi uchun koʻrishni oʻrganishi lozim"[3]. Bunday yondashuv buyuk yunon mutafakkiri Suqrotning „Har qanday ilm va bilimlarning pirovard maqsadi insonni hayotda yashash sanʼatiga oʻrgatishdan iboratdir“, degan fikriga ham monand keladi[4]. Intuitiv salohiyat kuchini chuqur oʻrgangan psixolog Erix Fromm bu qobiliyat odamning oʻzidan oʻzining, yaʼni hozirgi holatidan oʻzib ketishga boʻlgan tabiiy ehtiyojdan kuch oladi[5].
Manbalar
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Гегель, соч. Москва: 1959. - c. 48.
- ↑ Философский словарь. - Москва: "Политиздат", 1986. - с. 89.
- ↑ Маслоу А. Дальше пределы человеческой психики. - Санкт-Петербург "Евразия", 1997. - c. 167-168.
- ↑ Философский словарь. - Москва: "Политиздат", 1986. - с. 437.
- ↑ Фромм Эрих. Искусство бить. - Москва:"ACT", 2014. - c.12.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.