Abaqa
| Abaqa | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 27-fevral 1234 |
| Vafoti | 1-aprel 1282[1] |
| Fuqaroligi | Moʻgʻullar davlati |
| Otasi | Huloku |
| Onasi | Doquz xotun |
Abaqa, Abaqaxon (1234.3, Moʻgʻuliston – 1282.1.4, Shaxu) – elxon, hulo-kuiylardan boʻlgan Eron hukmdori (1265-1282). Eronga 1256-yil otasi Huloku bilan birga kelgan. Otasi vafotidan soʻng elxon etib saylangan, lekin ulugʻ qoon Xubilay tomonidan faqat 5 yildan soʻnggina tasdiqlangan. Misr mamluklari bilan olib borilgan urushni besa-mara davom ettirgan. 1266-yil A. Shimoliy dan Dashti Qipchoqdan boʻladigan hujumni qaytarish maqsadida Kura daryosining shimoliy qirgʻogʻida mudofaa devori bunyod etishga buyurgan; Kavkaz xalqlari uning vaziri Shamsiddin tomonidan 1278-yil tobe ettirilgan. Umumiy dushmanni bartaraf qilish uchun Abaqa mamluklarning dushmanlari boʻlgan yevropalik xristianlar bilan aloqa bogʻlashga uringan; uning elchilari 1274-yil Lion, 1277-yil Rimda boʻlgan. Yevropada bu saʼyhara-katlar xursandchilik bilan qabul qilingan. Abaqa Angliya qiroli Eduard I (1274) va papalar Klement IV (1267), Grigoriy X (1274) va Nikolay III (1277) lardan noma olgan. A. 1265-yil yunon malikasiga uylangan. Biroq Misrga qarshi umumiy yurish amalga oshmagan. Mamluklar Kichik Osiyoning bir qismini qisqa muddatga bosib olishga erishganlar (1277) va Elbiston yonidagi jangda moʻgʻul qoʻshinyni tormor qilganlar. 1280-yil moʻgʻullar Suriyaga bosib kirib Halabni vayron etishgan. Biroq 1281-yil Abaqaning ukasi Mangu Temur Xama va Xims oraligʻida mamluklardan qattiq zarbaga uchragan. Abaqa qoʻshinlari Sharqda aksincha muvaffaqiyatli kurash olib borganlar. 1270-yil mamlakatga bostirib kirgan Baroq boshchiligidagi Chigʻatoy ulusi qoʻshinlari Hirot yaqinida tormor etilgan. Bunday bosqinlarga barham berish uchun Abaqa 1273-yil Movarounnahrdagi tartibsizliklardan foydalanib Buxoro shahrini vayron qilishni buyurgan[2].
Manbalar
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Bartold V. V., Abaka, Sochineniya, t.7, M., 1971.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.