Baroqxon
Baroqxon, Baroq Eshon (toʻliq ismi — Baroqxon ibn Eson Tuva ibn Mutugen ibn Chigʻatoy) (? — 1271) — Chigʻatoy ulusi xoni (1266— 71). Jamol Qarshiyning yozishicha, 1266-yil Ohangaron vodiysida Chigʻatoy avlodlaridan birinchi boʻlib islomga kirgan Muborakshoh oʻzini Chigʻatoy ulusi xoni deb eʼlon qiladi. Shu tariqa birinchi marta Chigʻatoy ulusiga moʻgʻullar davlati oliy hukmdori tayinlamagan kishi xon boʻladi. Bundan gʻazablangan oliy hukmdor Xubilay Baroqxonni Turkistonga joʻnatadi. U das-tlabki vaqtlarda oʻzining xon qilib yuborilgani xususidagi yorliqni yashirib, goʻyo boshpana izlab kelgandek Surxondaryoga — qarindoshlari huzuriga boradi va asta-sekin moʻgʻullardan qoʻshin toʻplay boshlaydi. 1266-yil sentabrda Baroqxon Muborakshoh qoʻshini bilan jang qilib, uni asir oladi va Oʻzganda oʻzini Chigʻatoy ulusi xoni deb eʼlon qiladi. Ammo, Baroqxon tez orada Xubilay qoonga itoat qilmay qoʻyadi. Shu bois Xubilay unga qarshi qoʻshin yuboradi, Baroqxon Sharqiy Turkistonda Xubilay qoʻshinini tor-mor keltiradi. Shu vaqt chingiziylardan Xaydu markaziy hokimiyat bilan Baroqxon oʻrtasidagi qarama-qarshiliklardan foydalanib Yettisuv va Sirdaryoning sharqidagi yerlarni bosib olish taraddudiga tushadi. Natijada 1268-yil har ikki tomon qoʻshinlari toʻqnashib, Baroqxon yengiladi. Ammo, Xaydu uni taʼqib etmay, kelasi yili bahorda qurultoyga kelishni va oʻrtadagi raqobatga chek qoʻyib, sulh tuzishni taklif qiladi. 1269-yil bahorida qurultoy chaqirilib, unda sulh tuziladi va Xaydu bilan Baroqxon tasarrufidagi yerlar chegarasi aniq belgilab olinadi. Baroqxon vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Tuva (Duva) taxtga oʻtiradi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.