Émil Fourco
| Émil Fourco | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1-iyun 1862-yil Saint-Josse-ten-Node, Bryussel |
| Vafoti |
11-oktabr 1919-yil Lodelinsart, Charleroi, Belgiya |
| Fuqaroligi | Belgiya |
| Kasbi | muhandis |
| Faoliyat yillari | 1898-yil diplomni olgach 1901-yil 26-oktabrda patent oldi. 1903-yil zavodda ishlay boshladi. Birinchi jahon urushi boshlangach zavodlari muzlatib qoʻyildi. |
Émil Fourco (fransuzcha: Emile Foucault, 1862-yil 1-iyun Saint-Josse-ten-Node (Bryussel) 1919-yil 11-oktabr, Lodelinsart(Sharlerua)) - Belgiyalik muhandis, (tekis yuzali) oynani ishlab chiqarish usulini ixtiro qilgan[1]. Vertikal tortib chiqarish yoki Fourco usulini yaratgan. Oyna ishlab chiqarishning yana boshqa usullari ham keyinchalik yaratilgan ammo vertikal tortib chiqarish usuli birinchi boʼlib yaratilgani uchun ham mashxurdir. Bu usul biroz murkkabroq usul boʼlib, xom-ashyo mazkur holatda vannali regeneratorli uzluksiz tarzda ishlaydigan pechlarda eritiladi. Shishani erish harorati 1500-1580 °C dir. Shisha tayyor boʼlgach sovutish tizimiga beriladi.
Biografiya

Emil Fourco1862-yil 1-iyunda Bryusselning Saint-Josse-ten-Node shaharchasida tugʻilgan. Uning oilasi badavlat graflar sinfiga mansub edi. Fourconing oilasi Sharlerua shisha sanoatida muhim rol oʻynagan. XIX asrda Sharlerua viloyati Belgiya shisha sanoatining eng muhim markazi edi. Deraza oynalarini ishlab chiqarish Belgiya sanoatining muhim tarmoqlaridan biri edi. XIX asrning oxiriga kelib, Belgiya ushbu mahsulotni ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi, mahsulotning 95% eksport qilindi.
Fourco Fransiyaning Metse shahridagi oʻrta maktabda (litseyda) va Lyejdagi Oliy konlar maktabida (keyinchalik Lyej universitetining bir qismi hisoblangan) tahsil oldi, u yerdan 1885-yilda muhandislik diplomini oldi. Diplomni qoʻlga kiritib, Fourco oilasiga tegishli boʻlgan Sharleruadagi shisha zavodida ishlay boshladi. Oʻsha vaqtga kelib, deraza oynalarini ishlab chiqarish asosan "qoʻl san'ati" ("silindr usuli" yoki "vertikal tortib chiqarish usuli") boʻlib qoldi: tekis yuzali oynani olish uchun shisha puflab tortgich yordamida shisha tepaga vertikal ravishda tortiladi soʻngra kesiladi va toʻgʻirlanadi.. XIX asrning oxiridan boshlab boshqa mamlakatlarda (birinchi navbatda AQShda) deraza oynasini mexanik ishlab chiqarish usullari izlanayotganiga qaramay,Belgiyashisha sanoati boshqacha ishlab chiqarish usuli bilan ajralib turardi. Bu, asosan, uyushmadagi katta e'tiborga tushgan shisha ishlab chiqaruvchilarning ishi bilan bogʻliq edi.
XIX asrning oxirida Belgiyadagi shisha zavodlari shisha massasini uzluksiz ishlab chiqarish uchun katta shisha erituvchi hovuz pechlarini joriy qila boshladilar (bundan oldin shisha katta qozonlarda eritilgan). Belgiyada bunday pechlarni qurishda ishtirok etgan muhandislardan biri fransuz Emil Gobbe edi. Aynan u Fourcoga rasm chizish orqali tekis yuzali oynalarni ishlab chiqarish gʻoyasini bergan. Fourco usulining printsipi quyidagicha edi: uzun tirqishli hovuzdan "suzuvchi" (fransuzcha: débiteuse), -- deb ham nomlangan suyuq massa chiqadi uning qalinligi yupqa boʻladi. Tirqishdan "oqib chiqayotgan" oyna roliklar tizimi orqali yana vertikal ravishda tortildi. bu ishdan maqsad, uning qiyinlik darajasini kamaytirib, sifatli tekis yuzali oyna olish edi: bir xil qalinlik, yuzasida hech qanday izlar va notekisliklar boʻlmagan va boshqalar.
Fourco oʻz tizimi uchun birinchi patentni 1901-yil 26-oktabrda[2] oldi. Birinchi mashina 1903-yilda Fourco zavodida ishlay boshladi. Biroq, Fourco mashinalarining ishlashiga oʻz ishini yoʻqotishdan qoʻrqqan, uyushmadagi bir qator shisha ustalarining qarshiligi toʻsqinlik qildi. 1911-yilda Fourco vertikal tortish usulidan foydalangan holda deraza oynalarini ishlab chiqarish uchun yirik zavod qurish rejalarini e'lon qildi. Avstriya va Germaniya sanoat guruhlari loyihaga qiziqish bildirishdi. Loyihani amalga oshirish uchun 1914-yil 1-martda "Dampremi shisha zavodi" aktsiyadorlik jamiyati tashkil etildi (fransuzcha: Société Anonyme des Verreries de Dampremy, Dampremi - zavod boʻlishi kerak boʻlgan Sharleruaning chekkasi). Birinchi jahon urushi boshlanganidan keyin loyiha muzlatib qoʻyildi, ammo 1915-yilda (ya'ni Belgiyani bosib olish paytida) Fourco avstriyalik hamkorlar ishtirokida loyihani qayta tikladi.
Urushdan keyin Fourconi bosqinchilar bilan hamkorlikda ayblashdi. Garchi u hamkorlik qilganlikda ayblardan, jinoiy ta'qiblardan qochishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, u Belgiya biznes hamjamiyatidagi hamkasblari tomonidan norasmiy ravishda chetlashtirildi. Emile Fourco 1919-yil 11-oktabrda Lodelinsartda (oʻsha paytda mustaqil shahar edi, hozir Sharleruaning bir qismi boʻlgan) nohaqliklardan keyin hafsalasi pir boʻlgan odam sifatida vafot etdi.
Birinchi jahon urushidan keyin Fourco usuli tezda shisha ishlab chiqarishning "qoʻl san'ati" usulini ("silindr usuli")ga almashtirdi. Fourco usuli Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlab chiqilgan muqobil Libby-Owens usuli (Pitsburg usuli sifatida ham tanilgan) bilan bir vaqtda tarqaldi. Libby-Owens usulining asosiy farqi shisha chizishning vertikal yoʻnalishi emas, balki gorizontal yoʻnalishda edi.
Fourco va Libby-Owens usullari Ikkinchi jahon urushigacha parallel ravishda ishlatilgan, zavodlarda ishlab chiqarishning bir qismi Fourco usulini, ba'zilari Libby-Owens usulini qoʻllagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin ikkala usul ham float usuli bilan almashtirildi.
Manbalar
- ↑ „Фурко, Эмиль“ (15-марта 2020-yil). Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
- ↑ „Технология производства стекла“. Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
Havolalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.