Çağlar Çorumlu
| Çağlar Çorumlu | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1977-yil 4-dekabr |
| Fuqaroligi | Turkiya |
| Kasbi | Aktyor |
| Faoliyat yillari | 1999-yildan hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi |
Gaye Pişkin (turm. 2012) |
Çağlar Çorumlu (1977-yil 4-dekabrda) – turk aktyori.
Çorumlu 1977-yilda Merzifon shaharchasida tugʻilgan. Uning ota-onasi oʻqituvchi boʻlgan. 1994-yilda Merzifon shaharchasidagi oʻrta maktabini tamomlab, Eskişehir shahriga koʻchib oʻtgan.2000-yilda Anadolu universitetining turizm va mehmonxona boshqaruvi fakultetini tamomlagan. Oʻqish davomida universitetining teatr klubiga aʼzo boʻladi. Oʻqishni tugatgandan soʻng 2000-yilda teatrdagi faoliyatini davom ettirish maqsadida Istanbulga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik sahnada va televidiniyadagi faoliyatini birgalikda olib boragan. Uning ilk sahnadagi birinchi roli Cabaret Taksimda boʻlgan. Keyin u „7 Numara“ sitcomida Yusuf Guduk rolida rolini ijro etgan.2007-yilda Istanbul shahar teatrchilar jamoasiga qoʻshildi va 2013-yilgacha ularda bilan birga ishlagan.2013-yilda oʻzining TiyatrOPS teatr kompaniyasiga asos solgan. Teatrdagi faoliyatidan tashqari turli filmlar va teleseriallarda suratga tushgan. 2010-yilda Çağan Irmakning Prensesin Uykusu filmidagi roli uchun maqtovlarga sazovor boʻlgan. Keyinchalik, 2012-yilda „Sharq stomatologi“ filmidagi roli uchun 16-Afife Jale Teatr mukofotlarida „Musiqiy yoki komediya janridagi eng yaxshi aktyor“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Arif V 216 mashhur komediya filmida qoʻshiqchi Zeki Müren rolini oʻynadi.Show TV da namoyish etilgan Güldür Güldür Shov teatrida aktyor boʻlib ishlagan. Gülse Birsel, Cem Yılmaz va Yılmaz Erdoğan kabi mashhur hazil mualliflarining loyihalarida rol ijro etgan.
Filmografiyasi
- Ruhsar : Baha – 2000
- Yedi Numara : Yusuf – 2000
- Gece Yürüyüşü : Hakan – 2005
- Ters Köşe : Sinan – 2005
- Yanılgılar : Mehmet – 2006
- Ah Polis Olsam : 2006
- Hayat Türküsü : Sezgin – 2006
- Kader : Kamil – 2006
- Ezo Gelin : Zeki – 2006
- Avrupa Yakası : 2007
- Derman : Güven – 2008
- Üvey Aile : Feyyaz – 2008
- Osmanlı Cumhuriyeti : Cooker – 2008
- Haneler : Çağlar – 2009
- Teyzanne : Şaşkın Bakkal – 2009
- Rina : Umut – 2009
- Prensesin Uykusu : Aziz – 2010
- Koyu Kırmızı : Galip – 2012
- İbret-i Ailem : Kenan – 2012
- Güldür Güldür : Şevket – 2013
- Cesur Hemşire : Babür – 2013
- Aldırma Gönül : Levent – 2013
- Daire : Necip – 2014
- Pek Yakında : Zeki – 2014
- Yok Artık! : Semih – 2015
- Bulantı: Beşir – 2015
- Kor : Aslan – 2016
- Tatlım Tatlım:Haybeden Gerçeküstü Aşk : 2017
- Kolonya Cumhuriyeti : Peker – 2017
- Arif V 216 : Zeki Müren – 2018
- Cebimdeki Yabancı : 2018
- Jet Sosyete : Yaşar Yüksel – (2018–2019 / 2020)
- Karakomik Filmler 2: Emanet – 2020
- Babam Çok Değişti : Mehmet Ali – 2020–2021
- Ayak İşleri : Vedat – 2021–2022
- The Life and Movies of Erşan Kuneri : Altın Oran – 2022
- Hazine : Mesut – 2022
Mukofotlari
- 2012 yil – 16-Afife teatr mukofoti, „Musiqiy va komediya rolidagi eng yaxshi aktyor“ (Sharq stomatologi)
- 2015 – 20-Sadri Alışık kino mukofoti, „Musiqiy yoki komediya rolidagi eng yaxshi yordamchi aktyor“ (Pek Yakında[1])
- 2017-yil 44-Oltin kapalak mukofotlari, „Eng yaxshi komediya va romantik aktyor“ (Güldür Güldür Shov[2])
Havolalar
- Çağlar Çorumlu IMDbda
- Çağlar Çorumlu Instagram sahifasi
Manbalar
- ↑ „Sadri Alışık Sinema ve Tiyatro Oyuncu Ödülleri sahiplerini buldu“ (2015-yil 5-may). Qaraldi: 2015-yil 5-may.
- ↑ „44. Pantene Altın Kelebek Ödülleri'ni kimler kazandı? İşte kazananlar listesi“ (2017-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.