Zaytun
| Zaytun daraxti | ||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Zaytun daraxti (Olea europaea) | ||||||||||||||||
| Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
| Olea europaea | ||||||||||||||||
Zaytun (Olea) — zaytundoshlar oilasiga mansub oʻsimlik turkumi. 600 ga yaqin turi maʼlum. Faqat bir turi — Yevropa zaytuni (Olea europaea, 3. daraxti) xoʻjalik ahamiyatiga ega. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrikada ekiladi. 3. yetishtiradigan asosiy mamlakatlar Yaqin Sharq va Oʻrta dengiz mamlakatlari — Ispaniya (2 mln. ga dan ortiq), Italiya (1,5 mln. ga), Gretsiya (500 ming ga) va Portugaliyadir. Ozarbayjon, Gruziya, Qrim, Turkmaniston, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida ham zaytunzorlar bor. Ekiladigan 3. daraxti bal. (4—12 m), shox-shabbasi tarvaqaylagan. Barglari mayda, uchli yoki toʻmtoq, toʻq yashil, yaltiroq, poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli, oqish, shingil yoki roʻvaksimon, 3—5 mm, xushboʻy hidli. Mevasi — rezavor, danakli, tuyey qora, toʻq binafsha. Mevasi etida 80% gacha, magʻzida 30% gacha moy, oqsil, vitamin S va karotin bor. Kurgʻoqchilikka chidamli, 13—18° sovuqqa bardosh beradi. 300—400 (1000 gacha) yil yashaydi. Har tupidan 20—40 kg hosil olinadi. Unumdor, qumoq va qumloq, ohakli tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Danagidan yetishtirilgan koʻchati 10— 12y., qalamchasidan 4—5y. hosilga kiradi. 3. danagi, ildiz bachkisi, qalamchasidan koʻpaytiriladi, asosan payvand qilingan 2—3 yillik koʻchati 10x10 m, 10x8 m (buta shaklida oʻstirilganda 6x6 m) qilib bahorda ekiladi. Agrotexnikasi boshqa subtropik meva daraxtlarnikiga oʻxshash.
Zaytun: 1 — yetilgan mevali shoxi; 2 — gʻoʻra mevasi. Mevasi marinadlanadi, gʻoʻrasi va pishgan mevasi konserva qilinadi. Zaytunning pishgan mevasi etida (25—80%) qurimaydigan moy bor. 3., asosan, moyi uchun yetishtiriladi. Mevasini sovuqlayin presslab olinadigan birinchi fraksiya 3. moyi oziqovqat uchun, shuningdek, konserva sanoati va tibbiyotda ishlatiladi. Turpi va danagini qizdirib presslab olinadigan ikkinchi fraksiya 3. moyi texnikada va sovun pishirishda qoʻllanadi. Kunjarasi chorva uchun yem, yogʻochidan qimmatbaho buyumlar tayyorlanadi[1]
Zaytun daraxti(lotincha: Olea europaea) — zaytundoshlar oilasiga mansub, boʻyi 4 — 12 metrga boradigan, doim yashil subtropik daraxt.
Galareya
Manbalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.