Zarra
Zarra — oz sonli elementar zarralardan tashkil topgan modda ulushlari. Mas, tutun zarrlari, chang zarralari, havodagi suv zarralari, molekulalar, atomlar, yadrolar, nuklonlar va b. Oʻlchamlariga qarab zarra makrozarralar yoki mikrozarralarga boʻlinadi. Makrozarralar mikrozarralardan tashkil topadi. Mikrozarralar (atom yadrosi, elektronlar, nuklonlar, mezonlar, giperonlar, ukvant va hokazo) spinlari qoʻshilgan holda maʼlum yoʻnalishda harakatlanishi Z.larning qutblanishi deyiladi. Ichki tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy zarraar boʻladi. Murakkab zarralar oddiy zarralardan iborat. Zarra qandayligidan qatʼi nazar, energiya, impuls, massa va b. xususiyatlarga ega. Dastlab 3. va uning xususiyatlari oʻzgarmas, har qanday zarra yanada maydaroq zarrlardan iborat, deb hisoblanardi. Tekshirishlardan maʼlum boʻldiki, zarralardan baʼzilari butunlay oʻzgarishi, oʻz tarkibida boʻlmagan yangi zarralar paydo qilishi, hatto oʻziga moye antizarralar bilan toʻqnashganda tamomila yoʻqolib, elektromagnit maydon hosil qilishi mumkin ekan (qarang: Antizarralar, Annigilyasiya). Zarra tushunchasi maydonlar nazariyasi va toʻlqinlar nazariyasida ham koʻp ishlatiladi. Tinch turgan modda Z.lari massaga ega, elektromagnit maydon zarralari — fotonlar esa tinch turganda massaga ega boʻlmaydi. Zarralar sistemasi nazariyasida (jumladan, qattiq jismlar nazariyasida) tekshiriladigan hodisalarning roʻy berishida koʻp zarrlar maʼlum jihatdan haqiqiy moddiy zarralarga oʻxshash boʻlgani uchun yordamchi tushuncha sifatida kvazizarralar tushunchasi bilan ish koʻriladi, mas, fonon, polyaron, eksiton, magnon, plazmon va b. (yana qarang: Elementar zarralar).[1]
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.