Zanjabil

Zanjabil (Zingiber offi cinale) — bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yoʻgʻon ildizpoyali koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Asosan, tropik va subtropik oʻlkalarda tarqalgan. Janub va Janubiy Zanjabil Janubi-Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan va birinchi boʻlib, keyinchalik madaniylashtirilgan. Butun Hind-Tinch okeani boʻylab Gavayi orollarigacha tarqalgan. Zanjabil Osiyodan eksport qilingan birinchi ziravor oʻsimliklardan biri boʻlib, Yevropaga ham maqsadda olib kelingan va qadimgi yunonlar, rimliklar tomonidan ishlatilgan. Zanjabil oʻsimligi 2000-yildan koʻproq vaqt oldin oʻzining shifobaxsh xususiyatlari bilan tanilgan.

Oʻsimlikning dorivorligi haqidagi birinchi malumotlar qadimgi Xitoy qoʻlyozmalarida topilgan. Bundan tashqari, qadim zamonlardan beri Hindistonda zanjabil ayniqsa mashhur boʻlib kelgan. Savdogarlar oʻsimlik haqidgi maʼlumotni yashirib, zanjabil Qizil dengizning narigi qirgʻogʻida joylashgan trogloditlar yirida oʻsadi, degan afsonalarni yaratishgan. Yunonlar bu oʻsimlikni hazim qilish va ozish uchun ishlatishgan. Bundan tashqari, qadimgi zamonlardan beri zanjabil koʻngil aynishiga qarshi eng yaxshi dori sifatida tanilgan. Hozirgi vaqtda zanjabilning asosiy ishlab chiqaruvchilari Xitoy va Hindiston shuningdek u Yaponiya, Nigeriya, Gʻarbiy Afrika, Avstraliya, Argentina, Barbados va Seylonda etishtiriladi. Zanjabil tabiiy holda tabiatda koʻp uchramaydi, shuning uchun uni ekin maydonlari va uy sharoitida oʻstirish mumkin. 2019-yilda zanjabilning jahon ishlab chiqarishi 4,1 million tonnani tashkil etdi, bunda dunyoning 44 foizini Hindiston hissasiga toʻgʻri keladi.

Sharqiy Osiyoda oʻstiriladi. Zanjabil yer osti tanasining butun qismida efir moyi bor. Qurigan ildizi xushboʻy hidli va mazali boʻlib, efir moyiga boy. Maydalanmagan zanjabilning xushboʻy hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. Tuyib elaklangan talqoni tabobatda jigar, yurak, meʼda xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga damlab iteʼmol qilinadi). Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda baʼzi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida ishlatiladi[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.