ZK-383
| ZK 383 | |
|---|---|
| Sfamzk383-2.png | |
| Turi | pistolet-pulemyot |
| Davlat |
|
| Ishlab chiqarilish tarixi | |
| Konstruktor |
Frantishek Koutskiy Yozef Koutskiy |
| Islab chiqarilgan | 1933-1938 |
| Islab chiqaruvchi | Zbrojovka Brno |
| Islab chiqarilgan yillari | 1938-1948[1][2] |
| Hammasi boʻlib ishlab chiqarilgan | 20 000[3] |
| Tavsifi | |
| Ogʻirligi | 4,3 — 4,85[4] |
| Uzunligi | 899 |
| Stvol uzunligi | 325[4] |
| Patron | 9×19 mm Parabellum |
| Kalibr | 9 |
| Oʻt ochish tezligi, oʻt och./daq. |
500 yoki 700[4] |
| oʻqning boshlangʻich tezligi, m/s |
365[4] — 380 |
| Moʻljalga olish uzoqligi, m | 250 |
| Maksimal uzoqligi, m |
600 |
| Oʻqdori taminoti | 30 patronga moljalangan[5] |
ZK-383 („zet-ka“ deb talaffuz qilinadi) — 1930-yillarning boshlarida aka-uka Kutskiylar (Koucky) tomonidan Chexoslovakiyada yaratilgan Pistolet-pulemyot.
Tarixi
1938-yilda ishlab chiqarishga kirgan va Brno shahridagi Zbrojovka Brno zavodida nisbatan kam miqdorda ishlab chiqarilgan.
Chexoslovakiya nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan keyin zavodning ishlab chiqarish liniyasi saqlanib qoldi va ZK-383 ishlab chiqarish davom etdi. Brno zavodiga SS uchun qurol ishlab chiqarish ishonib topshirilganligi sababli, ishlab chiqarilgan ZK-383 ning asosiy qismi Waffen-SS bilan xizmatga kirdi va Sharqiy frontda ishlatilgan.
Omborlarda mavjud boʻlgan zaxiralar Slovakiya armiyasi, Waffen-SS boʻlinmalari va politsiya boʻlinmalariga xizmatga kirdi shuningdek Bolgariyaga ham topshirildi.
Ikkinchi Jahon urushi tugagandan soʻng, ZK-383H modifikatsiyasi ishlab chiqildi, u bir muncha vaqt ishlab chiqarildi, asta-sekin Savz oilasining yanada ixcham va zamonaviy avtomatlari bilan almashtirildi.
Taʼrif
ZK 383 dastlab piyoda otryadlarini qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan boʻlib, toʻpponcha patroni uchun „ultra yengil avtomat“ turidir. Dizayn nuqtai nazaridan, bu „orqa tomondan“ oʻq uzuvchi birinchi avlod avtomatining anʼanaviy namunasi edi.
Ushbu namunaning xarakterli xususiyatlaridan qurolning nisbatan katta oʻlchamlari va ogʻirligi, avtomatlarda boʻlgani kabi tez oʻzgaruvchan barrel, chap tomonda oʻqdonning joylashishi, bipodlarning mavjudligi va zatvorni ogʻirligini sozlash imkoni borligi, har xil tezlikda oʻq uzish imkonini bergan — daqiqasiga 500 yoki 700 ta patron.
ZK-383 avtomatlari 9x19 mm oʻlchamdagi patronlarga moslashtirib chiqarilgan edi ammo bu avtomatlarning oz qismi (eksport uchun moʻljallangan) 9x23 mm Steyr va 11,43x23 mm patronlarda chiqarilgan.
Variantlar va modifikatsiyalar
- ZK-383 — harbiy versiya, buklanadigan bipod va tez ajraladigan barrelga ega edi.
- ZK-383P — politsiya versiyasi, bipod yoʻq edi.
- ZH-403 (aka Waffenwerke Brunn MP.42) 1942-yilda nemis armiyasi uchun ishlab chiqarilgan prototipdir. U xuddi nemis MP.38/40 kabi vertikal tartibiga ega edi. Namuna zavod sinovlaridan oʻtdi, ammo ishlab chiqarishning yuqori narxi tufayli u ommaviy ishlab chiqarilmadi.
Manbalar
- ↑ Yan Xogg. Pistoleti-pulemyoti. M., EKSMO-Press, 2001. str.46-47
- ↑ ZK-383 // Kris Shant. Orujie pexoti: ensiklopediya strelkovogo orujiya. / per. s angl. M., „Omega“, 2004. str.48
- ↑ 9-mm chexoslovatskiy pistolet-pulemyot ZK-383 (ZetK-383) // jurnal „Orujie“, № 2, 2002 (spesvipusk „Pexotnoe orujie Tretego reyxa. Chast IV. Pistoleti-pulemyoti“)
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 ZK-383 // „War Machine“, vol. 1, issue 6. 1983. pages 102-103
- ↑ A. B. Juk. Ensiklopediya strelkovogo orujiya: revolveri, pistoleti, vintovki, pistoleti-pulemyoti, avtomati. M., AST — Voenizdat, 2002. str.670, 672
Adabiyotlar
- Čs. samopal ZK 383 // Strelecká revue, 12, 1987-yil (chex. )
- Eksport samopalů ZK 383 // „Střelecký Magazin“, № 7-8, 1996-yil (chex. )
- ZK 383 v letech 1938-1945 // „Střelecký jurnali“, 2004-yil 7-son. (chex. )
Havolalar
- Fire-arms.ru saytida ZK 383 avtomatining tavsifi (Wayback Machine saytida 2022-06-28 sanasida arxivlangan)
- M. R. Popenker. ZK-383 avtomati (Chexoslovakiya) / „Dunyoning zamonaviy qurollari“ sayti
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.