Yulduzlar aybdor

Yulduzlar aybdor
Asl nomi inglizcha: The Fault in Our Stars
Muallif(lar) John Green
Mamlakat AQSH
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2012
Nashriyot Sharq Ziyo Zakovat
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2020
Sahifalar soni 224 bet
ISBN ISBN 978-9943-6747-0-7

«Yulduzlar aybdor» (inglizcha: The Fault in Our Stars) — amerikalik yozuvchi John Greenning oltinchi romani, 2012-yilda nashr qilingan. Publishers Weekly tomonidan 2013—2014-yillardagi bestsellerlar qatoriga qoʻshilgan[1][2]

Sujet

Xeyzel Greys Lankaster — 16 yoshli oʻpkada mestastaza qoldiradigan qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangan qiz. U har hafta koʻmak guruhiga boradi va u yerda 17 yoshli osteosarkoma sababli oyogʻi amputatsiya qilingan Ogastus Uoters bilan tanishadi. Ular birga film koʻrishadi, kitob oʻqishadi. Xeyzel yigitga Piter van Xutenning „Shohona dard” nomli asarini oʻqishga beradi. Asar tugallanmay qolganidan Ogastus norozi boʻladi va muallifga xat yozadi. Muallif faqat yuzma-yuz javob berishini aytadi.

Xeyzel, uning oyisi va Ogastus Amsterdamga, Piter van Xuten bilan uchrashishga borishadi. Ogastus va Xeyzel bir-birlarini sevib qolishgandi. Muallif bilan uchrashuv noxush oʻtsada, bu sevishganlarga Amsterdamda vaqtni yaxshi oʻtkazishga halaqit bermaydi. Uyga qaytishgach, Ogastusning ahvoli ogʻirlashadi. Kasallik uni mahv etayotgani, oʻlishini bilgani uchun Ogastus oʻz dafn marosimini „tashkillashtiradi”. Bir necha kundan keyin vafot etadi. Uning dafn marosimiga Piter van Xuten keladi, ammo Xeyzel u bilan gaplashishni istamaydi. Xeyzel Ogastus oʻlimidan oldim xat yozganini bilib qoladi va Piter van Xutenning yordamchisi Lideveydan xatni soʻraydi. Qiz xatni skanerlab, pochta orqali joʻnatadi. Ogastus xatini oʻqish bilan asar yakunlanadi.

Ekranlashtirilishi

2012-yil yanvarida 20th Century Fox studiyasi asarni ekranlashtirish huquqini sotib oladi. 2014-yil 16-mayda filmning xalqaro premyerasi boʻlib oʻtadi. Film Indianapolis va Amsterdamda suratga olingan.

Manbalar

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.