Yorma

Yorma — oziqovqat mahsuloti; koʻpincha sholi, bugʻdoy, suli, arpa, grechixa, makkajoʻxori, noʻxat singari donlarni maxsus mashinada oklab (butun) yoki maydalab tayyorlanadi. Tarikdan oklangan soʻk, sholidan guruch (oqshoq), bugʻdoydan manniy yormasi, oqlangan bugʻdoy, arpadan oklangan arpa (perlovka), oklangan oq joʻxori, maydalangan makkajoʻxori doni koʻp ishlatiladi. Tarkibida kraxmal, azotli moddalar, oqsil, yogʻ, uglevodlar, klechatka, mineral tuzlar (kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir) vitaminlar mavjud. Klechatkasi kamroq boʻlgani uchun mollarga yaxshi yem boʻladi, parrandalarga ham beriladi. Donning pusti olib tashlangani sababli Yo.ning oziqovqatligi jihatidan qadri yuqori, yaxshi hazm boʻladi, toʻyimli va kaloriyali. Yo.ning ayniqsa bolalar va turli kasallik bilan ogʻrigan bemorlar uchun ahamiyati muhim. Odamning oziqovqatida Yo. uglevodlar (kraxmal) va oʻsimlik oqsillarining asosiy manbai. Pazandachilikda Yo.dan boʻtqa, suyuq oshlar, garnirlar va b. taomlar tayyorlanadi. Fiziologik asoslangan ovqatlanish meʼyorlariga koʻra, ovqat uchun 1 yilda aholi jon boshigaoʻrtacha 14–15 kg turli Yo. mahsulotlari isteʼmol etish tavsiya etiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.