Yombi

Yombi (xitoycha "Yuan bao" — boylik toʻplashning boshlanishi) — quyma oltin va quyma kumush boʻlagi. Xitoyda birinchi pullar mil. av. VII asrda paydo boʻlgan; ular kumushdan emas, balki mis (yoki bronza)dan kuyib tayyorlangan. Bu pullarning qiymati juda past boʻlib, bir misqol (3,7 g) kumushga 1000, qatto 2000 dona mis (bronza) pul almashtirilgan. Bu pullarning ogirligi yarim pud kelgan, 10—20 ming mis (bronza) pullarni hamyonda emas, balki otaravada tashishga majbur boʻlingan. Mil. VII—X asrlarga kelib "Buyuk ipak yoʻli" boʻylab xalqaro savdosotiq rivojlangan davrda Xitoyda xalqaro valyuta (oltin va kumush) pullar oʻrnida quyma Yo.lardan foydalanilgan. Yo. pul emas, balki yirik savdosotiklarda toʻlov va boylik jamgʻarish vositasi boʻlgan. Yo.larning vazni bir xil emas, balki 5 g dan 2000 g gacha boʻlib, savdo muomalasida ularni tarozida tortib olingan. Yo.larning kattalari "Tuya tuyoq", "Ot tuyoq" deb atalgan, nisbatan kichiklari "Qoʻy tuyoq", 1885 yil Xitoyda chiqarilgan yombi. "Echki tuyoq", undan kichiklari esa "Chuchvara quloq" deb yuritilgan. Sof kumushdan tayyorlanganligini tasdiqlash uchun davlat tomonidan chikarilgan Yo.larga xitoy imperatori oʻz tamgʻasini bosgan. Agar Yo.larni shaxslar chiqargan boʻlsa, uning sofligini shahar va tuman hokimlari tasdiqlab, oʻz tamgʻasini bosgan. Shu bilan birga, kumush Yo.ni tayyorlagan shaxs va firmalar ham oʻz tamgʻasini bosib kafolat bergan. Yo.lar XIX asr oxirigacha Markaziy Osiyo va Xitoy savdo muomalasida keng yuritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi oltin konlaridan qazib olinadigan oltinlar maxsus qoliplarga quyilib, Yo. holiga keltiriladi. Uning ogʻirligi 12 kg .[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.