Yertomirlar
Yertomirlar — togʻ jinsi yoriqlarini toʻldirgan mineral jismlar. Ikki yoʻnalishda choʻzilgan boʻladi. Togʻ jinslaridagi yoriqlarning mineral moddalar bilan toʻlishidan yoki yoriqlar boʻylab mineral moddalarning togʻ jinsi bilan metasomatik oʻrin almashinishidan hosil boʻladi. Yertomirlar oddiy — yakka mineralli yoriqlar va murakkab — oʻzaro chigallashib ketgan yoriqlar toʻplami, maydalangan yoki slaneslashgan zonalar holida uchraydi. Tasbehsimon, toʻrsimon, kamerali, linzasimon, shoxsimon, egarsimon, zinasimon, patsimon va boshqa xillari uchraydi. Atrof jinslar bilan boʻlgan aloqasiga koʻra kesib oʻtuvchi va qatlamli yertomirlar boʻladi. Yertomirlar uzunligi 1 km dan 200 km gacha (Kaliforniyadagi oltin rudali ertomir), chuqurligi 3 km dan ziyod (Hindistondagi Kolar konida). Oʻlchami va yotish sharoitiga koʻra apofiza va tomirchalar shakllari farq qilinadi. Yertomirlar bilan koʻpchilik mineral xom ashyo konlari bogʻliq (oltin, koʻrgʻoshin-rux rudalari, volfram, simob va boshqa). Yertomirlarning geologik va ishlanadigan ekspluatatsiya qatlam qalinligi farq qilinadi[1].
Manbalar
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.